Biznesni tadqiq etish usullari
111
5.2. Axborot tizimlarini tashkil qilish va boshqarish
Bu bo’limni o’rganishda mazkur qo’llanmaning asosiy mavzusi - iqtisodiy
prognozlash uslubiyatini o’rganish uchun zarur bo’lgan bilim
bazasi tuzilishiga imkon
beradigan individual jadvallarni tuzish tavsiya qilinadi.
Prognozlar tipologiyasi bilan kelajak to’g’risida axborot manbalari va prognozlash
usullari masalasi uzviy bog’liq. Prognoz axborotning 3 ta asosiy manbai ajratiladi:
o’rganilayotgan
hodisalar, jarayonlar, voqealarning o’tishi
va rivojlanishini
bilishga asoslangan tajribalar;
o’tmishda va kelajakda rivojlanish qonuni yetarlicha ma’lum bo’lgan mavjud
tendentsiyalarning ekstrapolyatsiyasi;
ko’tilayotgan yoki belgilangan shartlarga nisbatan prognozlashtirilayotgan
ob’ektlarning modellarini tuzish.
Axborotning bu turlariga nisbatan prognozlashning bir-birini to’ldiruvchi 3
uslubi
ajratiladi:
- ekspert, u axborotni yig’ish (anketalash, intervyu olish, so’rov)
va uni qayta
ishlash hamda prognozning qo’yilgan vazifasiga nisbatan ekspertning fikriga asoslangan;
- trendning ekstropolyatsiyasi-ob’ektning o’tmishda va hozirda rivojlanishini
o’rganish hamda o’tmish va hozirda rivojlanishning qonuniyatini kelajakka ko’chirish;
-
modellashtirish-prognozlashtirilayotgan
ob’ektni
ko’tilayotgan
yoki
mo’ljallanayotgan ahvolidagi o’zgarishlar asosida qidiruv va me’yoriy
modellarni
o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: