Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


-MAVZU. BIZNES JARAYoNINI TAHLIL QILISHDA AXBOROT


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

5-MAVZU. BIZNES JARAYoNINI TAHLIL QILISHDA AXBOROT 
TIZIMLARI 
 
5.1. Biznesni boshqarishda axborot texnologiyalarning roli. 
5.2. Axborot tizimlarini tashkil qilish va boshqarish.
5.3. Biznesda axborotlarning turkumlanishi, ularni yig’ish, qayta ishlash, uzatish va 
qarorlar qabul qilish uchun tayyorlash bosqichlari.
5.4. Yangi bozorlar, bozor segmentlari to’g’risida axborotlar yig’ish, axborotlar banki 
va undan foydalanish.
5.5. Korparativ informatsion tizimlar bozoridagi yangi tendentsiyalar.
5.6. Global axborot tizimlari.


Biznesni tadqiq etish usullari 
107 
5.1. Biznesni boshqarishda axborot texnologiyalarning roli 
Biznesda axborot bu - o’z mohiyatiga ko’ra turli xil bozor ko’rsatkichlarining aks 
ettirilishi bo’lib, u ilmiy-axborot va tijorat faoliyatining natijasi hisoblanadi. Axborotlarni 
izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash, tarqatish va undan ishlab chiqarish faoliyatida 
foydalanish bugungi raqobat sharoitida mashinasozlik sanoati eksport salohiyatini 
yuksaltirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Marketing axboroti qiymat xususiyatiga 
ega, chunki uni yaratish uchun ma’lum bir mehnat sarflanadi. Axborotning qiymati to’g’ri 
qaror qabul qilish ehtimolining o’sishida namoyon bo’ladi. Axborotdan foydalanishning 
iqtisodiy samarasi uni olish uchun sarflangan xarajatlardan katta bo’lishi lozim. Bu umumiy 
mezon axborot olish va qayta ishlashning maqsadga muvofiqligini belgilab beradi. 
Marketing tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda mashinasozlik mahsulotlari 
bozorida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning aksariyati MAT ga ega emas yoki uni 
yaratish haqidagi qarorni faqat modaga amal qilib, ko’pchilikka ergashgan holda qabul 
qiladi. Bu korxonalar rahbariyati ushbu tizim korxonaga keltirishi mumkin bo’lgan iqtisodiy 
foyda haqida o’ziga hisobot berib o’tirmaydi. SHuning uchun MAT samaradorligining 
mashinasozlik mahsulotlariga moslashtirilgan usulini baholash, bizningcha, eng dolzarb 
hisoblanadi. 
Bizning fikrimizcha, korxonada MAT joriy qilishdan iqtisodiy samara uchta tarkibiy 
qismdan iborat: tashkiliy (E
t
) – tanlab olish va ishlab chiqish bosqichlari uchun, 
ekspluatatsion (E
e
) –joriy qilish va ekspluatatsiya bosqichlari uchun va marketing (E
m
) — 
kelgusida marketing qarorlarini ishlab chiqishda MATdan foydalanish bosqichlari uchun.
Korxonada marketingni boshqarish nuqtai nazaridan marketing tarkibiy qismini 
baholash eng katta qiziqish uyg’otadi. Korxonada MAT joriy qilishdan iqtisodiy samarani 
baholashning uslubiy asosi yuqorida sanab o’tilgan tarkibiy qismlarni atroflicha tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar tizimi asosida shakllanadi. Korxonada MAT joriy qilishdan iqtisodiy 
samarasi quyidagi formula asosida hisoblanadi: 
E = E

+ E
e
+ E

- (Z
L
+ Z
o
+ Z
ad
+ Z
n
), 
bunda
E
t
– MAT joriy qilishdan iqtisodiy samaraning tashkiliy tarkibiy qismi;
E
e
-MAT joriy qilishdan iqtisodiy samaraning ekspluatatsion tarkibiy qismi;
E
m
— MAT joriy qilishdan iqtisodiy samaraning marketing tarkibiy qismi;
Z
L
– MAT joriy qilish bahosi; 
Z
o
–korxona xodimlarini MAT ekspluatatsiyasiga o’qitish xarajatlari;
Z
ad
- tizimni moslashtirish va MAT oxirigacha ishlash imkoniyati;
Z
n
– MAT dasturiy ta’minoti versiyalarini yangilash xarajatlari. 
Tashkiliy tarkibiy qismni hisoblashda MAT joriy qilishdan iqtisodiy samarani 
aniqlash uchun muhim bo’lgan quyidagi omillar ajratiladi: 
1. Elektron hujjat aylanmasiga o’tish. 
2. Ishlab chiqarish funktsiyalarini tugatish va qayta taqsimlash. 
3. Korxona mutaxassislarining tizimni ishlab chiqish, moslashtirish va joriy qilishda 
ishtirok etishi. 
Ekspluatatsion tarkibiy qismni hisoblashda MAT joriy qilishdan iqtisodiy samarani 
aniqlashda quyidagi omillar ajratiladi: 
1. MATning tarmoq xususiyatlariga mosligi. 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling