Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
104 imkoniyati mavjud emas. Faqatgina sarf-xarajatlarga doir hatti-harakatlar mavjud. Bunday vaziyatga ommaviy tovarlar ishlab chiqarish sohasida duch kelish mumkin. Bunday sohalarda ko’pgina hollarda bozordagi ulush va daromad o’rtasida qarama- qarshi munosabatlar mavjudligi kuzatiladi. Sohadagi yana bir guruhda raqobat shu qadar intensiv ravishda bo’ladiki, o’rta me’yordan yuqori daromad olish uchun sohada diqqatni jamlash yoki diffenrenitsatsiya qilishga to’g’ri keladi. Va nihoyat, past ko’rsatkichli sarf- xarajatlar differentsiatsiya yoki diqqatni jamlash bilan qo’shilib ketishi mumkin yoki sarf- xarajatlarning kamaytirishga bozorda yuqori ulushga ega bo’lmasdan erishish mumkin. Murakkab, biroq samarali omillar kombinatsiyasiga Hyster korxonasi faoliyati misol bo’la oladi. Dunyoda yuk tashish mashinalarini ishlab chiqarishda ikkinchi o’rinda turuvchi ushbu korxona, aynan shunday mahsulotni ishlab chiqaruvchi kichik firmalarga (Allis- Chalmers, Eaton) qaraganda birmuncha daromadbaror hisoblanadi. Kichik firmalar esa past sarf-xarajatlar ko’rsatkichiga erishish uchun na bozorda yetarli ulushga, va na xarajatlar darajasini qoplovchi mahsulotlarning yetarli differentsiatsiyasiga egalar. Daromad hamda bozordagi ulush o’rtasida yagona munosabat mavjud emas, chunki soha va bozor bir hil ta’rifga ega emas: ba’zi birlar uchun bu tor sohadagi bozorda yuqori ulushli faoliyati markazlashtirilgan yoki differentsiatsiya qilingan firmalar nazarda tutilsa, boshqalar esa bunga keng doiradagi bozorda yuqori ulushga ega yetakchi firmalar nuqtai nazaridan qaraydilar (odatda, ular o’z bozorini har bir tor segmentda o’zgartirmaydilar). Hattoki sohaning muayyanligini o’zgartirish ham nima uchun butun bir soha doirasida differentsiatsiyaga erishga korxonalar sohadagi yetakchi firmalarga qaraganda bozordagi ulushi kam bo’lishiga qaramasdan yuqori daromadga erishishlarini izohlab bera olmaydi. Biroq, eng muhim jihat shundaki, sohaning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda uch asosiy strategiyaning firmaga munosibligi belgilanadi. Ushbu tanlov firmaning eng kuchli jihatiga tayangan hola, raqiblar tomonidan kam foydalaniladigan strategiyaga asoslangan bo’ladi. Faoliyat strategiyasini to’g’ri tanlashda strukturaviy tahlil printsiplari as qotadi, shuningdek tahlilchiga har qanday aniq sohaning bozordagi ulushi hamda daromadi o’rtasidagi munosabatni izohlash va tahmin qilishga imkoniyat beradi. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling