Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
102 
faoliyatining tez sur’atlarda o’sishi hamda daromadbardorlikka erishishi, sohada 
kompaniyaning o’rta me’yordan anchayin o’sganini ko’rsatadi.
Diqqatni jamlash strategiyasi umumiy bozorda o’z ulushiga ega bo’lishi bilan bog’liq 
ba’zi bir to’sqinliklarga uchraydi. U serdaromadlilik va savdo xajmidan birini tanlash 
zarurligini taqozo etadi. Differentsiatsiya strategiyasida bo’lgani kabi, bu yerda ham sarf-
xarajatlar borasida ustunlikka erishishning alternativ pozitsiyasi yuzaga kelishi mumkin. 
Lekin muqarrar emas.
O’rta pog’onada turib qolmoq 
Strategiyaning uch umumiy varianti raqobat kuchlariga qarshi tura olishning turli hil 
yondashuvlarini o’zida namoyon etadi. Boshqa tomondan esa, tahlil natijalari shuni 
ko’rsatadiki, agar firma o’z faoliyatida hech qanday strategiyaga tayanmagan holda ish olib 
borsa, ya’ni «o’rta pog’onada turib qolsa», juda mushkul strategik vaziyatga tushib qolishi 
mumkin.
Bunday firmalar o’zining bozordagi ulushidan, mablag’lar investitsiyasidan mahrum 
bo’lgan holda, sarf-xarajatlarni qisqartirish borasida yoki soha doirasida alternativ 
differentsiatsiya qilish imkoniyatini yo’qotadi
O’rta pog’onada qotib qolgan har qanday korxona yaxshi daromad ko’ra olmasligi 
aniq. Bu orqali korxona arzon narxda yirik partiyadagi mahsulotlar uchun xaridorlarni 
yoqotadi, yoki arzon narxlarda tovarlarini sotuvchi raqiblaridan o’z biznesini himoya qilish 
uchun daromad ko’rishdan voz kechgan holda mahsulotlari narxini arzonlashtirishi lozim. 
SHu bilan bir qatorda, korxona faoliyati to’liq differentsiatsiyasiga erishgan yoki maqsadli 
yo’nalishlarda ish olib boruvchi firmalarga imkoniyatni ko’lgan boy bergan holda, 
biznesning serdaromad turlarini ko’zdan qochiradi. Bundan tashqari, o’rta pog’onada turib 
qolgan korxonalar mujmal korporativ madaniyat va boshqaruvga oid ziddiyatlardan aziyat 
chekadi.
Yuk tashish avtoulovlarini ishlab chiqaruvchi hamda AQSH bozorlarida o’zining 
salmoqli o’rniga ega Clark Equipment faoliyatini o’rta pog’onada qotib qolgan korxonalar 
sirasiga kiritish mumkin. Toyota va Komatsu kabi ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi 
yapon korxonalar faoliyatida esa yirik bozor segmentlariga xizmat ko’rsatish strategiyasiga 
tayangan bo’lib, yapon po’latini arzon narxlarda qo’lga kiritish va bu orqali transport 
xarajatlarini foydasi bilan qoplash imkoniyatiga ega bo’lindi va ishlab chiqarishdagi sarf-
xarajatlarning kamayishiga erishildi. Ishlab chiqarish tarmoqlarining kengligi va bozorda 
salmoqli ulushga bo’lishiga qaramasdan (jahonda 18% va AQSHda 33%) Clark Equipment 
korxonasi sarf-xarajatlar borasida yetakchi hisoblanmaydi.
Ushbu korxona o’z keng ko’lamdagi assortimenti va ishlab chiqarish texnologiyalariga 
yetarlicha e’tibor qaratmagani bois Hyster korxonasi darajasida mahsulotlar 
differentsiatsiyasiga va texnologik mavqeyga ega bo’la olmadi. Hyster korxonasi faoliyati 
sohaga mukammal modellar tadbiq etishga qaratilgan bo’lib, o’z mablag’larining salmoqli 
qismini tadqiqotlar olib borish va yangi g’oyalar ishlab chiqishga yo’naltirgan. Natijada 
Hyster korxonasiga nisbatan Clark Equipment korxonasining daromad olish ko’rsatkichlari 
birmuncha past.
O’rta pog’onada qotib qolgan korxonalar oldida fundamental strategik qaror qabul 
qilish zaruriyati yotadi. Korxona sarf-xarajatlar borasida yetakchilikka erishish uchun 
muhim qadam qo’yishi yoki birhillikka erishishi lozim. Bu esa o’z navbatida ishlab 
chiqarishni modernizatsiyasi uchun mablag’lar kiritilishini talab etadi. Ba’zi hollarda esa 
korxonadan bozordagi ulushi ko’rsatkichini kengaytirilishi, yoki faoliyatini maqsadli 
yo’naltirilishi (diqqatni jamlash) yohud kamyob mahsulotining ishlab chiqarilishini 
(differentsiatsiya) talab etadi.



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling