Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
99 Bozor ulushining yuqoriligi ta’minot sohasida iqtisod qilish va shu bilan bir qatorda sarf-xarajatlarning sekin-asta pasayishiga imkon tug’dirishi mumkin. Agar past darajadagi sarf-xarajatlarga erishilgan bo’lsa, u holda u yuqori sof daromad ko’rsatkichini ta’minlaydi va sarf-xarajatlarga oid ustunlikni ushlab turish uchun yangi zamonaviy uskunalarga nisbatan qayta investitsiyalash mumkinligini ko’rsatadi. Qayta investitsiyalash past darajadagi sarf-xarajatlar pozitsiyasini saqlab turishda qo’l kelishi mumkin. Sarf-xarajatlarga oid ustunlikka erishish strategiyasi kam quvvatli benzin dvigatellari ishlab chiqaruvchi va dunyo bo’yicha ushbu sohada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 50 foizini tashkil etuvchi «Briggs and Stratton» va elektr payvandi uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi «Lincoln Electric» kompaniyalari uchun hal qiluvchi omil ekanligi aniqlandi. Ushbu strategiyani muvaffaqiyatli joriy etgan kompaniyalar qatoriga Emerson Electric, Texas Instruments, Black and Decker va Du Pont kompaniyalarini kiritish mumkin. Ba’zi hollarda sarf-xarajatlar sohada haqiqiy tub o’zgarishlarni sodir etishga qodir bo’ladi. Bunday hollarda an’anaviy raqiblik printsiplariga tayangan raqiblar ham iqtisodiy ham ruhiy jihatdan o’z sarf-xarajatlarini kamaytirishga oid kerakli tadbirlarni amalga oshishga tayyor bo’lmaydilar. 1979 yilda Harnischfeger firmasi tomonidan ko’tarma kranlar ishlab chiqarishning boshlashi ana shunday dadil qo’yilgan qadamlardan bo’ldi. Firma mavjud kranlarni qayta ishlash, alohida modellarni qo’llagan holda materiallar chiqimini kamaytirish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasini yengillashtirishga erishdi. SHuningdek, soha uchun noodatiy texnologiyalarni joriy etgan holda firma faoliyatga yig’ish konveyerlari va yig’ishning oraliq bosqichlarini tatbiq qildi. Kompaniya iqtisod qilish maqsadida kerakli ehtiyot qismlarini katta partiyalarda sotib oladi. Bularning hammasi kompaniya uchun sifatli mahsulot ishlab chiqarish hamda ularning narxlarini 15%ga pasaytirish imkonini yaratdi. Natijada kompaniyaning bozordagi ulushi 25%gacha oshdi va ushbu ko’rasatkich o’sishi davom etmoqda. Kompaniyaning gidravlik uskunalar boshqarmasi boshlig’i Uillis Fisher shunday deydi: «Biz sifatli mahsulot yaratishni emas, ishlab chiqarishda yanada oddiyroq va yanada arzonroq texnikani ishlab chiqishni maqsad qilgan edik». Raqiblar esa past daromad hisobiga Harnischfeger firmasi bozordagi ulushni qo’lga kiritgan degan to’xtamga kelishgan, biroq u buni rad etmoqda. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling