Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 95
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va
Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ- 3852 –son Qarori qabul qilindi. So’nggi yillarda mamlakatimizda biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlarini mustahkamlash, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. 42 Jahon banki ma’lumotlari asosida tuzildi Biznesni tadqiq etish usullari 95 Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlarning ko’lami va samaradorligi nafaqat mamlakatimizdagi investitsion faollikning ortishi bilan, balki nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan berilayotgan munosib baho bilan ham o’z isbotini topmoqda. Xususan, so’nggi 5 yil davomida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingi 2 baravardan ortiq yaxshilanib, mamlakatimiz jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012 yildagi 166-o’rindan 2017 yilda 74-o’ringa ko’tarildi. Bundan tashqari, so’nggi hisobotda mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko’rsatkichi bo’yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi o’ntaligidan joy oldi. SHu bilan birga, O’zbekistondagi biznes yuritish uchun mavjud shart-sharoitlar xalqaro normalar va standartlar talablariga hanuzgacha to’liq javob bermaydi. Ayrim davlat organlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida e’lon qilingan islohotlarning amaldagi ijrosini yetarli darajada ta’minlamayapti. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatining aniq muvofiqlashtirib borilmasligi, shuningdek, ular rahbarlari javobgarligining past darajadaligi sababli ayrim sohalarda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarni amaliyotda ro’yobga chiqarish ustuvor vazifalar va islohotlarning o’zaro bog’liq yo’nalishlarini e’tiborga olmasdan amalga oshirilmoqda hamda barcha hollarda ham kutilgan samarani bermayapti. Eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, xalqaro hamjamiyatda mamlakatning ijobiy qiyofasini shakllantirish, hududlarda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash yuzasidan yakuniy natijalarga erishish uchun vakolatli organlar rahbarlarining javobgarligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: Belgilab qo’yildiki: investitsiya muhitini yaxshilash sohasida olib borilayotgan islohotlarning strategik maqsadi – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun mamlakatda 2022 yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi (keyingi o’rinlarda “Biznes yuritish” hisoboti deb yuritiladi) Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling