Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-
sharoitlarni yaratishdir; 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 
“Biznes yuritish” hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish 
sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda bu yo’nalishda Jahon banki va Xalqaro moliya 
korporatsiyasi bilan o’zaro hamkorlik qilish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. 
Quyidagilar: 
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida 
O’zbekiston Respublikasining ko’rsatkichlarini yaxshilash bo’yicha “Yo’l xaritasi” 1-
ilovaga muvofiq; 
islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda Jahon banki va Xalqaro moliya 
korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O’zbekiston Respublikasining reyting 
ko’rsatkichlarini yaxshilash uchun mas’ul bo’lgan davlat organlari va tashkilotlarning 
ro’yxati tasdiqlandi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi: 
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi 
O’zbekiston Respublikasining ko’rsatkichlarini yaxshilash bo’yicha “Yo’l xaritasi”da 


Biznesni tadqiq etish usullari 
96 
nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o’z vaqtida va lozim darajada bajarish yuzasidan davlat 
organlari va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni; 
“Biznes yuritish” hisobotidagi O’zbekiston Respublikasining reytingini yanada 
oshirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar bilan o’zaro amaliy hamkorlikni; 
Jahon banki guruhi ekspertlari va “Biznes yuritish” jamoasi bilan O’zbekiston 
Respublikasining o’rnini asoslash bo’yicha muzokaralar o’tkazish uchun har yili idoralararo 
ishchi guruhni Vashington shahriga (AQSH) yuborishni; 
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda 
eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish 
metodologiyasini, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda 
oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeini chuqur o’rganishni; 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga 
qadar muddatda tegishli xalqaro reytinglarda O’zbekiston Respublikasining mavqeini 
yaxshilash bo’yicha aniq takliflar tayyorlashni ta’minlasin. 
Ushbu qaror asosida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda har 
yili: 
fevral-mart oylarida “Biznes yuritish” hisobotini tayyorlash doirasida Jahon banki 
ekspertlari tomonidan yuboriladigan savolnomalarni o’rganilayotgan yo’nalishlarda amalga 
oshirilgan islohotlar va qonun hujjatlari normalarini inobatga olgan holda sifatli va o’z 
vaqtida to’ldirishni; 
15 noyabrga qadar e’lon qilingan “Biznes yuritish” hisoboti natijalarini o’rganishni 
hamda u bo’yicha keyinchalik Jahon banki va “Biznes yuritish” jamoasiga taqdim etish 
uchun o’rganilayotgan har bir yo’nalish kesimida asoslantirilgan dalillar va statistik 
ma’lumotlardan iborat sharhlarni tayyorlashni ta’minlasin. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda: 
O’zbekiston Respublikasining ko’rsatkichi reyting tuzish metodologiyasi talablariga 
muvofiqligini baholagan holda “Biznes yuritish” hisobotlarini tanqidiy o’rganib borsin va 
har yili 1 dekabrga qadar “Biznes yuritish” hisobotida respublikaning alohida 
ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida ishbilarmonlik muhiti va qonunchilikni yanada 
takomillashtirish bo’yicha “Yo’l xaritasi”ni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga 
kiritish topshirildi. 
O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan 
birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini hamda “Biznes yuritish” 
hisoboti yo’nalishlari yuzasidan qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini 
xolisona baholash uchun har yili tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida, shu jumladan, ularning 
murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash, ko’rib chiqish va takliflarini muhokama qilish 
bo’yicha maxsus portal orqali so’rovlar o’tkazishi belgilandi. 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling