Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


 Raqobat strategiyasining asosiy variantlari


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

 
4.4. Raqobat strategiyasining asosiy variantlari 
Raqobat strategiyasi asosiy variantlarning 3 xil turi (varianti) mavjud:
Raqobatning asosiy besh tamoyiliga qarshi turish hamda sohaning boshqa firmalariga 
qaraganda ijobiy ko’rsatkichlarga erishish uchun muvaffaqiyat keltirishi muqarrar bo’lgan 
uchta asosiy strategik yondashuvni ajratib ko’rsatmoq zarur. Bular:
 
Sarf-xarajatlar borasida mutlaq yetakchilik 
 
Differentsiatsiya 
 
Diqqatni jamlash (Fokusirovanie) 


Biznesni tadqiq etish usullari 
98 
Kamdan kam yuz bersada, ammo ba’zi hollarda firma bittadan ko’p yondashuvni 
muvaffaqiyat bilan amalga oshirishi mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan strategining asosiy 
variantlardan har qaysisini amalga oshirish uchun, odatda ko’pchilikning birgalikdagi sa’y-
harakatlari va aniq maqsadga yo’naltirilgan tashkiliy choralar talab etiladi.
Strategiyaning asosiy variantlari sohaning boshqa vakillariga nisbatan birmuncha 
yuqori natijalarga erishishning asosiy vositasi hisoblanib, bir soha doirasidagi barcha 
firmalar uchun yuqori darajadagi umumiy daromadni anglatishi mumkin. Bunday hollarda, 
boshqa sohalardagi kabi strategiyani amalga joriy etish faqatgina maqbul daromadni qo’lga 
kiritishdagina zarur bo’ladi.
Sarf-xarajatlar borasida mutlaq yetakchilik
Tajriba egri chizig’i sharofati bilan 1970 yillarda keng tarqalgan strategiyaning 
birinchi varianti aynan sarf-xarajatlar borasida sohada yetakchilikka erishishga qaratilgan 
qator iqtisodiy choralar asosida shu borada mutlaq yetakchilikka erishishdan iborat. Sarf-
xarajatlar borasida yetakchilikka erishish uchun iqtisodiy effektiv ko’lamda ishlab chiqarish 
quvvatlarini yaratish; tajriba to’plash asosida sarf-xarajatlarni kamaytirishga intilish, ishlab-
chiqarish va qo’shimcha xarajatlarni qat’iy nazorat qilish, mijozlar bilan mayda 
operatsiyalar o’tkazishdan tiyilish, tadqiqot, ilmiy ishlanmalar, xizmat ko’rsatish, 
mahsulotni sotish tizimi reklama va shunga o’xshash boshqa sohalarda chiqimlarni 
kamaytirish talab etiladi.
Buning 
hammasi 
menejment 
tomonidan 
sarf-xarajatlar 
ustidan 
nazorat 
kuchaytirilishiga alohida ahamiyat qaratish kerakligini ko’rsatadi. Raqiblarga nisbatan 
kamroq xarajat qilish butun strategiyaning asosiy g’oyasi bo’lishi mumkin, ammo mahsulot 
sifati va xizmat ko’rsatish saviyasini va boshqa sohalarni ham ko’zdan qochirmaslik darkor.
CHiqim xarajatlarini kamaytirishga erishish kuchli raqobat muhitida ham firmaga 
shubhasiz foyda olib keladi. Firmaning ana shunday darajaga erishishi uni raqib firmalardan 
himoya qiladi, chunki raqib kompaniyalarga bunday darajaga yetishish imkoniyatidan 
mahrum bo’lgan sharoitda ham unga daromad olish uchun qulay imkoniyat yaratiladi.
Sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishgan firmalar yirik xaridorlardan ham himoyalana 
oladi, chunki bunday xaridorlar narxlarni faoliyati sustlashgan raqib firmalar narxlariga 
tenglashtirishga urinadilar. SHuningdek, kamchiqimlilik kiritilayotgan resurslarning narxini 
oshirishda firmaga qo’l keladi hamda yirik yetkazib beruvchi tashkilotlardan ham himoya 
qiladi. Past darajadagi sarf-xarajatlar pozitsiyasini ta’minlovchi faktorlar, shuningdek, 
masshtabga oid iqtisodiyot yoki sarf-xarajatlarga oid ustunlikka bilan bog’liq yuqori 
monelikni yuzaga keltirishi mumkin. Natijada, past darajadagi sarf-xarajatlar pozitsiyasi 
firma uchun raqiblarga qaraganda substitutlarga nisbatan qulay shart-sharoitni yaratadi.
SHunday asnoda, sarf-xarajatlarning past ko’rsatkichi kompaniyani barcha besh 
raqobat kuchlaridan saqlab qoladi, chunki bozorga oid faktorlar daromadni pasaytirishda to 
raqibning daromadi nolga teng bo’lib qolmagunga qadar harakat qilishda davom etadilar.
Past sarf-xarajatlarga erishish uchun bozorda yuqori ulushga ega bo’lish yoki boshqa 
ustunlikka, masalan, xom-ashyo materiallarini to’g’ridan-to’g’ri olish imkoniyatiga ega 
bo’lishni talab etadi.
SHuningdek, bunday vaziyat ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirish uchun 
mahsulotni aynan o’zini o’zgartirish, chiqim xarajatlarini yoyib tashlash maqsadida 
o’xshash turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiqni kengaytirishda keng 
is’temolchilar guruhiga xizmat ko’rsatishni taqazo qilishi mumkin. Past sarf-xarajatlarga 
erishish, o’z navbatida yangi uskunalar uchun oldindan yirik xajmda mablag’lar kiritilishini, 
agressiv tarzda mahsulotlar bahosini belgilashni, bozorda o’z ulushiga ega bo’lish uchun 
boshlang’ich ziyon yoki zarar ko’rishni ham talab etishi mumkin.



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling