Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


 Differentsiatsiya strategiyasining maqsadi


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

 
4.5. Differentsiatsiya strategiyasining maqsadi 
 
Ikkinchi aosiy strategiya – bu firma tomonidan taqdim etilayotgan mahsulot yoki 
xizmatlar differentsiatsiyasi strategiyasidir, ya’ni soha doirasida ushbu mahsulot yoki 
xizmat noyob deb qabul qilinishi mumkin bo’lgan holat. Differentsiatsiya turli hil shakllarda 
amalga oshirilishi mumkin: dizayn yoki brendning mavqeiga muvofiq (Fieldcrest – sochiq 
va choyshablar ishlab chiqarish sohasi, Mercedes - mashinasozlik), texnologiyaga muvofiq 
(Hyster - avto yuk tashish moslamalari ishlab chiqarish, Macintosh – stereo komponentlar 
sohasi), funktsional imkoniyatlariga muvofiq (Jenn-Air – elektr plitalar ishlab chiqarish), 
iste’molchilarga xizmat ko’rsatishga muvofiq (Crown Cork and Seal – metal idishlar ishlab 
chiqarish), dilerlik tarmog’iga muvofiq (Caterpillar Tractor – qurilish texnikasi) va boshqa 
parametrlar.
Ideal ravishda firma o’z faoliyatini bir nechta yo’nalishlar bo’yicha 
differentsiatsiyalashi (ajratishi) mumkin. Masalan, Caterpillar Tractor kompaniyasi nafaqat 
o’zining dilerlik tarmoqlari va ehtiyot qismlar ta’minoti bilan, balki mahsulotining sifati va 
ishonchliligi bilan ham nom qozongan. Bu jihat og’ir qurilish uskunalari ishlab chiqarilishi 
juda qimmatga tushadigan soha uchun juda muhim sanaladi. Ta’kidlash kerakki, 


Biznesni tadqiq etish usullari 
100 
differentsiatsiya strategiyasi sarf-xarajatlarni e’tibordan qochirish degani emas, biroq ushbu 
holatda sarf-xarajatlarga asosiy strategik maqsad sifatida qaralmaydi.
Differentsiatsiya raqobat o’yinlaridan himoya qiladi, chunki u brendga nisbatan 
iste’molchilarda sodiqlik tuyg’usini uyg’otadi va uning mahsulot narxiga nisbatan ta’sirini 
pasaytiradi. U o’z navbatida sof daromadning o’sishiga olib keladi, shu bilan birga sarf-
xarajatlarga oid muammolar keskinlashuvini pasaytiradi.
Natijada differentsiatsiyani amalga oshirib, iste’molchilar ishonchini qozongan 
korxona, raqiblariga qaraganda substitutlarga nisbatan mustahkam o’ringa ega bo’ladi.
Differentsiatsiyani amalga oshirish ba’zi bir hollarda bozorda yuqori o’rinni 
egallashda to’sqinliklarga uchrashi mumkin, chunki differentsiatsiya tushunchasi ko’pincha 
mahsulotning ekslyuzivligini taqozo etadi, bu holat bozorda yuqori ulushga ega bo’lish 
imkonini susaytiradi. Biroq, differentsiatsiya kam sarf-xarajatlilikning muqobil pozitsiyasini 
taqdim etadi, zero bunday vaziyatga erishish o’z navbatida zaruriy xarajatlarni talab etadi. 
Bunday chora-tadbirlarga misol tariqasida katta hajmdagi tadqiqot yoki konstruktorlik 
ishlarni, yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarish yoki mijozlar bilan intensiv ravishda 
ishlash jarayonlarini ko’rsatishimiz mumkin.
Hatto soha mahsulotlari iste’molchilari biron bir firmaning afzalliklarini tan olsalarda, 
ularning hammasi ham ushbu mahsulotlarni sotib olishga qodir bo’lmaydilar (baland narx-
navo bo’lishi bozor talabi bo’lgan taqdirda ham, misol uchun Caterpillar firmasi 
mahsulotlari). Boshqa javhalarda esa, differentsiatsiya sarf-xarajatlarning past darajasi bilan 
birmuncha mos kelishi mumkin va mahsulot narxlarini belgilashga to’sqinlik qilmaydi.

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling