Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


 Raqobat ustunliklari kontseptsiyasi


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

4.3. Raqobat ustunliklari kontseptsiyasi 
Boshqaruv hisobining uslublariga raqobat razvedkasi va marketing tadqiqotlarining 
uslublari ham kiritilishi kerak. Ularga tayanib, odatiy boshqaruv hisobidan “21 asr hisobi”, 
ya’ni hozirgi zamon boshqaruv hisobiga o’tish imkoniyati yaratiladi. 
Raqobat kuchayib, “megakonkurentsiya” darajasiga yetgan hozirgi sharoitda 
korxonalarda hisob-analitik ishlarini avvalgidek tarqoq holda tashkil etish kerak emas. 
Bunday sharoitda turli tarqoq ma’lumotlarni umumlashtirishga ehtiyoj ortib bormoqda. Bu 


Biznesni tadqiq etish usullari 
97 
ehtiyoj qondirilmas ekan, korxona menejmenti va mulk egalariga mas’uliyatli boshqaruv 
qarorlari qabul qilish sohasida to’g’ri yo’l ko’rsatish o’rniga ular teskari yo’l ko’rsatadigan 
hisob-analitik ma’lumotlari berila boshlanadi. Masalan, eskirgan mahsulot ishlab 
chiqarishga ketadigan xarajatlarni samarali kamaytirish haqidagi buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari samarali baho raqobatining imkoniyati haqida ma’lum bir ijobiy tasavvurni 
tug’dirishi mumkin bo’lsa, shu mahsulotga talabning pasayish tendentsiyasi haqidagi 
marketing tadqiqotlarining ma’lumotlari esa baho raqobatining samaradorligini kuchli 
shubha ostiga qo’yadi. Bundan tashqari, raqobatchilar razvedkasini asosiy raqiblarning 
mo’ljali haqidagi ma’lumotlari yaqin kunlarda ular tomonidan bozorga yangi mahsulot 
chiqarilishi va natijada korxonaning eskirgan mahsuloti bozordan siqib chiqarishi 
mumkinligini anglatadi. Hozirgi kunda qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining 
samaradorligini oshirish uchun boshqaruv hisobining amaliyotdagi faoliyat doirasini 
kengaytirish maqsadga muvofiq. Mazkur kengaytirish boshqaruv hisobining tarkibiga 
hozirgi kun uchun o’ta muhim bo’lgan tashqi ma’lumot manbalarini qo’shish hisobiga 
bo’lishi kerak. Bu ma’lumotlar manbasiga, avvalo, marketing tadqiqotlari va raqqobat 
razvedkasi ma’lumotlarini qo’shish mumkin. Bunda marketing tadqiqotlari va raqobat 
razvedkasi ma’lumotlari hisob ma’lumotlariga qo’yiladigan talablarga javob bermasligining 
unchalik ahamiyati yo’q. Undan tashqari, boshqaruv hisobiga qo’yiladigan o’ziga xos 
talablarga zamonaviy boshqaruv hisobiga hamda u bilan chambarchas bog’liq boshqaruv 
tahlili ma’lumotlari doirasiga firmani qurshab turgan yaqin va uzoqda raqobatchilar 
xaqidagi ma’lumotlarni kiritish kerak. Bunga birinchi navbatda boshqaruv sohasini axborot 
ta’minotida raqobat razvedkasi va marketing tadqiqotlari ma’lumotlaridan kompleks 
foydalanish orqali erishish mumkin. 
Hozirgi kunda raqobat razvedkasi va tahlilining bosh maqsadi raqobat kurashida 
korxonani o’ziga xos raqobatni yutib chiqishda kerak bo’ladigan yutuqlarini o’z vaqtida 
aniqlash va ulardan tez hamda samarali foydalanish hisoblanadi. Korxonani boshqaruv
ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha xatti-xarakati uning asosiy raqobatchilaridan 
butunlay farq qiladigan xususiyatlari (ishlab chiqaradigan mahsuloti, ko’rsatadigan 
xizmati)ga qaratilishi kerak.
Raqobat tahlilining o’ta muhimlari quyidagilardan iboratdir: 
- raqobatchilarni bo’lajak strategiyasi va rejalarini aniqlash; 
- korxonani strategik tashabbuslariga raqobatchilar tomonidan bo’lishi mumkin 
bo’lgan javob harakatlarini 
oldindan aniqlash; 
- raqobatchilarning strategiyasini ularning haqiqiy imkoniyatiga qanchalik mos 
kelishini aniqlash; 
- raqobatchilarning zaif tomonlarini aniqlash va ulardan firma tomonidan foydalanish 
imkoniyatini baholash. 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling