Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
92 
Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir” - deb yozadilar
40

Bu muxim amaliy axamiyatga ega bo’lgan jihatlarni yoritib berish mazkur bobning 
asosiy vazifasi xisoblanadi. 
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muxim belgisi
rivojlantirish usuli hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish, unga turli 
tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) 
o’rtasidagi raqobat, tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan 
narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. 
Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi 
kuchini yollash uchun ham kurashadilar. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat oxir-
oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir. 
Resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat, o’zlarining iqtisodiy resurslarini 
(kapital, yer, ishchi kuchi) yukori baholarda sotish uchun boradi. Ishlab chiqaruvchilar va 
resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlarini rivojlangan
iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorkin namoyon bo’ladi. 
Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni qulay va arzon 
baholarda sotib olishga xarakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga 
kuproq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish 
uchun kurashadi. 
SHunday qilib raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha 
sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. 
4.2. Biznes yuritish muhiti va biznes muhiti ko’rsatkichlari 
O’zbekiston Jahon banki Guruhining tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo’yicha 
“Biznes yuritish-2018” («Doing Business» 2018) reytingida uchinchi bor dunyoning 
yetakchi O’nta davlati qatoridan O’rin oldi. Joriy yilgi mavzusi “Ish o’rinlarini yaratish 
uchun islohotlar qilish” bO’lgan yangi hisobotda O’zbekiston O’tgan yilgi 87-O’rindan 13 
pog’ona yuqorilab, 74-O’rinni band etdi. 
Reyting tuzuvchilari mamlakat reytingini yaxshilashga xizmat qiluvchi biznes 
sohasidagi beshta islohotni qayd etadi. Biznesni ro’yxatga olish, qurilish uchun ruxsatnoma 
olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqqa tortish va elektr ta’minoti tizimiga 
ulanish sohalaridagi O’zgarishlarni baholaydi. 
O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatga olish uchun yangi platforma ishga 
tushirilishi tufayli biznesni boshlash osonlashdi, bunda jarayonlar 4 tadan 3 taga 
kamaytirildi. Mazkur kO’rsatkich bo’yicha O’zbekiston global reytingda 11-O’rinni 
egallaydi. 
15 yil muqaddam yangi biznesni ro’yxatga olish 10 ta jarayon, 28 kun va aholi jon 
boshiga daromadning 14 foizini (u 2220 AQSH dollariga baholanadi) talab qilgan bO’lsa, 
ayni paytda bu kO’rsatkich 3 ta jarayon, 5 kun va aholi jon boshiga daromadning 3 foizini 
tashkil etmoqda. 
Ayni paytda O’zbekiston reytingda xalqaro savdo indikatori va qurilishga ruxsat olish 
mezonlarida ortda qolmoqda. Joriy yildagi ruxsat olishni yengillashtirishga yO’naltirilgan 
islohotlarga qaramasdan, bu jarayon hamon 17 ta jarayon va 246 kunni talab qilmoqda. 
40
Karimov I.A. Bank tizimi pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida. 
– T.: «O’zbekiston» 2005 yil. 211 – bet. 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling