Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


 Biznesni tadqiq qilishda balans usulidan foydalanish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

3.6. Biznesni tadqiq qilishda balans usulidan foydalanish 
Balans usuli asosan o’zaro bog’langan va tenglashtirilgan hamda jami o’zaro teng 
bo’lgan ikki guruh iqtisodiy ko’rsatkichlarining proportsiyalarini aks ettirishga xizmat 
qiladi. Bu usul buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan bo’lib, 
marketing faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda ham ma’lum rol o’ynaydi. 
Balans usuli korxonani mehnat va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligini,xom-
ashyo,yoqilg’i,materiallar,asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini tahlil qilishda, 
shuningdek ulardan foydalanish zichligini tahlil qilishda foydalaniladi. 


Biznesni tadqiq etish usullari 
87 
Balans usuli deterministik addetiv omilli modellarni tuzishda ham qo’llanishi 
mumkin. Masalan tovar balansini olsak,undagi ko’rsatkichlarni o’zaro bog’lanishidan 
foydalanib uning ayrim ko’rsatkichini aniqlash va uning o’zgarishiga boshqalarini ta’sirini 
aniqlash mumkin. Agar tovar balansini qo’yidagi ko’rinishda ifodalasak: 
On + P = R + V +Ok 
bu yerda, On - davr boshiga tovarlar qoldig’i; 
P - keltirilgan tovarlar; 
R - sotilgan tovarlar; 
V - tovar xarajatlarining boshqa manbalari (sotishdan tashqari); 
Ok- davr oxiriga tovarlar qoldig’i. 
Tovar balansi elementlarini o’zaro bog’lanishlaridan foydalanib uning ayrim elementi 
(o’rganilayotgan yoki natijaviy deb qaralayotgan ko’rsatkich) ni aniqlash mumkin. Masalan 
ushbu ko’rsatkichlardan birontasi,aytaylik sotilgan tovarlar hajmi noma’lum bo’lsa, u holda 
tovar balansi elementlarini o’zaro bog’lanishidan foydalanib,uning hajmini hisoblash 
mumkin: 
R= On + P - V -Ok 
O’rganilayotgan ko’rsatkich (bizni misolimizda sotilgan tovarlar hajmi)ni o’zgarishiga 
boshqa omillar o’zgarishini ta’sirini, ularni o’zaro bog’lanishidan foydalanib hisoblash 
mumkin: 
R= On + P - V - Ok 
Bazi hollarda balans usuli ayrim omillarni natijaviy ko’rsatkichni qo’shimcha 
o’sishiga ta’sirini aniqlashda ham foydalanadi. Masalan uchta omildan ikkitasini ta’siri 
ma’lum bo’lsa, u holda uchunchisini topish mumkin: 
Va nihoyat, balans metodiga asoslanib, tahlilning omilli tahlil o’tkazish usullaridan 
biri proportsional taqsimlash yoki ishtrok etish ulushi usuli ishlab chiqilgan. 
Yc =Yumum - Ya + Yb 
Bu usul firmaning marketing faoliyatini tahlil qilishda juda muhim hisoblanadi, 
jumladan: iste’molchilarga jo’natilgan tovarlar, potentsial iste’molchilar, ishlab chiqarish 
hajmi va sotish hajmi o’rtasidagi muvozanat, tushumlar va xarajatlarni boshqarish, reklama 
tadbirlariga sarflanadigan mablag’lar va ulardan kelayotgan iqtisodiy mamara miqdori va 
boshqalar. 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling