Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
86 3.5. Biznesni tadqiq qilishda axboratlarni guruhlash usullari Guruhlash deganda o’rganilayotgan to’plamni ta’luqli belgilari bo’yicha sifat jihatdan bir xil bo’lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda o’rtachalarni moxiyatini tushintirishga, bu o’rtachadagi alohida birliklarni rolini ko’rsatishga, o’rganilayotgan ko’rsatkichlar orasida o’zaro bog’liqliklarni aniqlashga yordam beradi. Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtai nazardan guruhlashlar tipologik,strukturali va analitik turlarga bo’linadi. Tipologik guruhlash deganda to’plamni sifat jihatdan bir xil bo’lgan guruhlarga ajratish tushiniladi. Strukturali guruhlash deganda ko’rsatkichni ichki tuzilishini,uning alohida qisimlarini o’zaro nisbatlarini o’rganish maqsadida guruxlarga ajratish tushuniladi. Analitik guruhlash deganda esa ko’rsatkichlar orasidagi bog’lanishlarni o’rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlar tushiniladi. Analitik guruhlash asoslanadigan belgilar xarakteriga ko’ra, guruhlashlar sifat (belgi miqdoriy ifodaga ega bulmaganda) va miqdoriy bo’lishi mumkin. Tuzilishining murakkabligi jihatdan guruhlashlar ikki turga bo’linadi: oddiy guruhlashlar va kombinatsiyali guruhlashlar. Bitta belgi bo’yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb aytiladi. Agar guruhlashlar dastavval bitta belgi bo’yicha amalga oshirilsa so’ngra bu guruh ichida boshqa bir belgisi bo’yicha yana boshqa guruh hosil qilinsa bunday guruhlash kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi. Guruhlarni tuzishda to’plamni guruhlarga bo’lish,guruhlar sonini belgilash va guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashmok zarur, chunki anashu narsaga bog’liq holda tahlil natijasi jiddiy o’zgarishi mumkin. Guruhlashlarni tuzish uslubi qisqa qilib qo’yidagi algoritm ko’rinishida belgilash mumkin: tahlilning maqsadini aniqlash; axborotlarni yig’ish; guruhlash uchun asos qilib olingan belgi bo’yicha to’plamni ranjirovka qilish; to’plamni taqsimlash intervali (oralig’i)ni tanlash va uni guruhlarga ajratish; guruhlash va omilli belgilar bo’yicha o’rtacha guruh ko’rsatkichlarini aniqlash; olingan o’rtacha miqdorlarni tahlil qilish, o’zaro bog’liqliklarni va natijaviy ko’rsatkichga omilli ko’rsatkichlarni ta’sir yo’nalishini aniqlash. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling