Biznesni tadqiq etish usullari
88
4.1. Biznesda raqobat ustunligi, raqobat ustunligiga erishish yo’llari.
4.2. Biznes yuritish muhiti va biznes muhiti ko’rsatkichlari.
4.3. Raqobat ustunliklari kontseptsiyasi.
4.4. Raqobat strategiyasining asosiy variantlari
4.5. Differentsiatsiya strategiyasining maqsadi.
4.1. Biznesda raqobat ustunligi, raqobat ustunligiga erishish yo’llari
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi turli shakllarda va darajalarda namoyon bo’ladi.
Bular:
- mamlakat korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi;
- mamlakat korxonalarining (firmalarining) raqobatbardoshligi;
- mamlakt iqtisodiyoti tarmoqlarining raqobatbardoshligi;
-milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi;
- mamlakatning raqobatbardoshligi.
Ayrim mutaxassislar raqobatbardoshlikning keltirilgan oxirgi ikki shaklini
birlashtirib ta’riflaydilar, hamda bu tasnifga xodimlarning
raqobatbardoshligini ham
qo’shadilar.
Mahsulotning raqobatbardoshligi uning sifati va narxiga ko’ra shu turdagi boshqa
ishlab chiqaruvchilarning mahsulotidan ustunligi bilan belgilanadi.
Firmalarning
raqobatbardoshligi esa turdosh, raqobatlashuvchi korxonalarga
nisbatan bir xil yoki o’rnini bosuvchi mahsulotlarni iste’mol xarakteristikalari bo’yicha
sifatli va pastroq narxlarda ishlab chiqarish hamda yetkazib
berish imkoniyati bilan
belgilanadi.
Firmalarning raqobat ustunliklarini bir qator omillar belgilab beradi. Bularni ikki
guruhga ajratish mumkin:
1) milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi;
2) makroiqtisodiy biznes muhitning sifati
38
.
SHveytsariyaning Davos shahrida har yili bo’lib o’tadigan
Jahon iqtisodiy
forumining ishtirokchilari ma’ruzalarida firmalar darajasidagi raqobatbardoshlik to’rtta
asosiy omil bilan bog’lanadi:
-resurslar (mamlaktda korxona mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi uchun
resurslarning mavjudligi,hajmi va sifati);
-tashqi raqobat;
-talab;
-tarmoqlararo aloqalar.
Xuddi shunday ta’rifni kengaytirilgan holda tarmoqlarning raqobatbardoshligiga ham
bersa bo’ladi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi – halol raqobat
sharoitida jahon bozori
talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o’sish va turmush sifatini oshirishni ta’minlaydigan
tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, hamda o’rta va uzoq muddatga iqtisodiy
o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyatidir.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi masalasi doimo
iqtisodchi olimlarning
diqqat markazida bo’lib kelgan. Ushbu masaladagi zamonaviy nazariyalarning ko’piga asos
bo’lgan fikrlar M.Porterning izlanishlarida yoritilgan.
38
O’zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muammolari:nazariya va amaliyot/ mualliflar jamoasi:
R.O.Alimov, A.F.Rasulev, A.M. Qodirov va boshq. –T.:Konsauditinform-Nashr. 2006,14-b.