Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Ўзаро боғлиқ ва 
тўлдирувчи 
тармоқлар 
 
Фирмалар 
стратегияси, таркиби 
ва рақобатчилик 
муҳити 
 
Омиллар 
билан 
таъминланган-
лик 
 
Талаб 
параметрлари 
 


Biznesni tadqiq etish usullari 
91 
Demak, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasi uning tabiiy resurs 
salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati (malaka darajasi), ishlab chiqarishning 
texnik-texnologik modernizatsiyalashganlik darajasi, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining 
takomillashganligi va diversifikatsiyalashganligi, biznes yuritish uchun yaratilganshart-
sharoitlarning qulayligi, mamlakat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga 
bo’lgan talab hajmi, davlatning iqtisodiy rivojlanish hamda islohotlar strategiyasi qay 
darajada ilmiy asoslanganligi va o’zgarishlar jarayonlarini hisobga olganligi hamda boshqa 
bir qancha omillarga bog’liq deb xulosa qilish mumkin.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi tushunchasi bilan bir qatorda 
mamlakatning raqobatbardoshligi atamasi ham qo’llanilmoqda. IMD (Lozannadagi 
Menejmentni rivojlantish instituti) tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra mamlakatning 
raqobatbardoshliligi- millatning raqobatbardosh biznes yuzaga keladigan muhitni yaratish 
va ta’minlab turishiga qodirligidir. 
Menejmentni rivojlantirish instituti bergan ushbu ta’rif keng qamrovli bo’lib, unda 
dalatning raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi roli kattaligi va faol bo’lishi zarurligi o’z 
aksini topgan. CHunki siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, faol monetar va fiskal 
siyosat olib borish, iqtisodiyot va moliya sohasini tartibga soluvchi qonunlarni 
takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uni 
modernizatsiyalash, infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh qilish
raqobatbardosh biznes yuzaga kelishining hal qiluvchi omillaridir.
“Zamonaviy raqobat kurashida so’z, birinchi navbatda, resurslar, moddiy boyliklarga 
egalik to’g’risida emas, balki yangiliklarni joriy eta olish qobiliyati to’g’risida boradi”.
39
Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish, zamonaviy texnologik 
uskunalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ishlab chiqarishni tashkil qilish 
va boshqarishning ilg’or usullarini amaliyotga kiritish, yangi bozorlarga kirib borish 
orqaligina global o’zgarishlar sharoitida raqobatbardoshlikni ta’minlab turish mumkin. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish borasida qilingan 
ishlarni ijobiy baholagan holda bu boradagi chora-tadbirlar ko’lamini uzluksiz tarzda 
kengaytirish zarur ekanligini qayd etishiiz zarur. 
Hozirgi zamon iqtisodiyotida raqobatbardoshlik darajasini oshirish masalasiga 
innovatsion yondoshish talab etiladi. Innovatsion texnologiyalarni, zamonaviy ilmiy 
yutuqlarni sanoat tarmoqlariga jadal joriy qilish orqali jahon xo’jaligi tizimida milliy 
iqtisodiyotning ixtisoslashuvini kengaytirish va sanoat ishlab chiqarishi tarkibini 
diversifikatsiya qilish imkonini beradigan yangi raqobat ustunliklarini yaratish zarur.
Sifati va narxi bo’yicha jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan mahsulotlar ishlab 
chiqarish hajmlarini kengaytirish va yangi mahsulotlar turlarini o’zlashtirishga katta 
miqdordagi investitsiyalarni jalb etish hamda o’zlashtirish orqaligina erishiladi. 
Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish hususiyatlaridan qat’iy 
nazar raqobatning mavjud bo’lishini taqozo qiladi. SHu bilan birga bozor iqtisodiyoti 
rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini 
o’zgartirib boradi. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi 
ahamiyatini ko’rsatib, “Raqobat bo’lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. 
39
O’zbekiston:jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, innovatsion taraqqiyot va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini 
oshirish /O’zR FAIqtisodiyot instituti; A.F.Rasulevning tahriri ostida, - T.:KONSAUDITINFORM-NASHR, 2011. 6-b. 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling