Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Diqqatni jamlash (Fokusirovanie)
Uchinchi strategiya – bu alohida xaridorlar guruhiga, mahsulot turiga yoki bozorning 
geografik segmenti sifatiga diqqatni jamlashdir. Differentsiatsiya kabi diqqatni jamlash ham 
turli hil ko’rinishlarga ega. Biroq, kam sarf-xarajatlilik strategiyasi yoki differentsiatsiya 
butun bir sohaga tegishli bo’lsa, diqqatni jamlash strategiyasi biror bir tor sohaga qaratiladi.
Ushbu strategiyaning negizida shunday taxmin yotadi, ya’ni keng miqyosda faoliyat 
olib borayotgan raqiblarga qaraganda ushbu strategiya yordamida firma katta effektivlik va 
mahsuldorlik bilan tor strategik maqsadga intila oladi. Natijada firma aniq bir talabni 
qondirish hisobiga differentsiatsiyaga yoki ushbu talablarni qondirishda kam xarajatlilikka 
erishadi.
Agarda diqqatni jamlash strategiyasi umumiy bozorda kam xarajatlilikka yoki 
differentsiatsiyaga erisha olmasa, tor ma’nodagi bozorda ulardan biriga yoki ikkoviga ham 
erishishi mumkin. 2.1. suratda ushbu uch strateriyaning o’rtasidagi tafovut ko’rsatilgan:
2.1-rasm


Biznesni tadqiq etish usullari 
101 
Diqqatni jamlash strategiyasini amalga oshirayotgan firma shuningdek yuqori daromad 
olish imkoniyatiga ega bo’lishi ham mumkin. Korxonaning ushbu strategiyasi strategik 
maqsad doirasida yoki kam sarf-xarajatlilik pozitsiyasini, yoki yuqori darajadagi 
differentsiatsiyasini, yoki ularning barini ko’zda tutadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, sarf-xarajatlarning pastligi va differentsiatsiyasi 
sohasida yetakchilikka ega bo’lish, barcha raqib kuchlardan himoyada bo’lish imkonini 
beradi. Bundan tashqari, diqqatni jamlash maqsadni tanlashda, ya’ni substitutlar tomonidan 
xavf tug’dirilgan yoki raqobachilarning zaif tomoni yo’nalishlarida muhim o’rin tutishi 
mumkin.
Masalan, Illinois Tool Works kompaniyasi faoliyati maxsus mahkamlash vositalari 
ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lib, konkret xaridorlar talabiga binoan mahsulotlarni tadqiq 
qilish imkonini beradi va sarf-xarajatlar o’zgarishini ta’minlaydi. Ba’zi bir xaridorlar ana 
shunday mahsulotga o’z qiziqishlarini bildiradilar.
Fort Howard Paper korxonasi faoliyati ishlab chiqarishda foydalaniladigan qog’oz 
mahsulotlarini tayyorlashga qaratilgan. Bu orqali korxona tez sur’atlarda yangilanishi talab 
etiladigan iste’mol mollarini ishlab chiqarishdan hamda unga bog’liq reklamaga oid 
jarayonlardan o’zini forig’ etadi. Asosan bo’yoqlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan Porter 
Paint korxonasi esa, yuqori sifatli bo’yoq mahsulotlarini tayyorlash, hajmidan qat’iy nazar 
ish joylariga yetkazib berish, hamda o’zining maxsus shoxobchalarida mijozlar uchun bepul 
tamaddixonalar ochishga erishdi. Kam sarf-xarajatlar ko’rsatkichiga erishishning diqqatni 
jamlash strategiyasiga misol tariqasida AQSHda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda 
uchinchi o’rinda turuvchi Martin-Brower korxonasi faoliyatini ko’rsatishimiz mumkin.
Firma o’z mijozlariga tez ovqatlanish tarmog’ining faqatgina 8 shoxobchasini 
orqaligina erishdi. Mijozlarning maxsus talablarini qondirish, faqat ulargagina 
mo’ljallangan mahsulotlar bilan ishlash, mijozlarning xarid qilishlariga doir mahsulotlarga 
buyurtmalar qabul qilish, firma yaqinida joylashgan omborga ega bo’lish, shuningdek, 
hisob-kitobni olib borishda qat’iy nazorat va kompyuterlashtirilgan dasturlarga ega bo’lish 
firma strategiyasining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Martin-Brower kompaniyasi xizmat ko’rsatish bozorida sarf-xarajatlar bo’yicha 
ustunlikka ega bo’lmasada, o’zining alohida segmenti doirasida ustunlikka ega. Kompaniya 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling