Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
103 Oxirgi ikki variant korxonaning bozordagi ulushini va hattoki savdoning butun xajmini kisqartilishiga bog’liq bo’lishi mumkin. Har ikkala variantdan birini tanlanishi har bir korxonaning o’ziga xos imkoniyat va cheklovlaridan kelib chiqadi. Har qanday strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish, korxonaning resurslari, imkoniyatlari, boshqaruv sharoitlari va usullariga tayangan holda vujudga keladi. O’rtada pog’onada qotib qolgan korxonani bunday holatdan olib chiqib ketish, albatta katta kuch va vaqtni talab etadi. Biroq, qiyinchilikda qolgan firmalarda ko’pincha bir strategiyadan ikkinchisiga keskin o’tishi holatlari kuzatiladi. Ushbu strategiyalarni qo’llashda yuzaga kelgan bir-biriga zid bo’lgan sharoitlar odatda firmani tanazzulga tutishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda daromad olish va bozordagi ulush o’rtasidagi o’zaro munosabat U-shaklidagi egri tiziq bilan aks ettiriladi. (2.2. rasm). AQSHda kam quvvatli elektrodvigatellar ishlab chiqarish sohasi fikrimizga misol bo’la oladi. Ushbu sohada General Electric va Emerson kompaniyalari bozordagi katta ulushi va sarf-xarajatlar borasidagi ustunligiga egadir, shu bilan bir qatorda General Electric kompaniyasi ilg’or texnologiyalarga ega ekanligini ham ta’kidlab o’tish joiz. Har ikkala kompaniyaning mahsulotlari katta daromad olish manbai hisoblanadi. Baldor va Gould kompaniyalari o’z faoliyatlarini diqqatni jamlash strategiyasiga tayangan holda olib boradilar. Baldor mahsulotlarni taqsimlash va savdo ishlari bilan shug’ullanadi, Gould faoliyati esa iste’mol bozorining alohida segmentlariga qaratilgan. Har ikala firmaning daromad ko’rsatkichlari ijobiy sanaladi. Franklin firmasining faoliyati o’rta oraliq pozitsiyasini egallaydi. Uning strategiyasi kam chiqimli ham, markazlashtirilgan ham emas. Bu ko’rsatkichlar firmaning moliyaviy natijalarida o’z aksini topgan. Bunday U-shaklli o’zaro bog’liqlik, shuningdek avtomobil ishlab chiqarish sohasining umumiy jihatlariga ham tegishlidir. Sohada General Motors (sarf-xarajatlarining past ko’rsatkichi) va Mercedes (differentsiatsiya) kompaniyalari daromad olish borasida ustunlikka egalar. Chrysler, British Leyland va Fiat kompaniyalari esa sarf-xarajatlarda ham, faoliyati differentsiatsiyasi va markazlashtirilishida ham o’z pozitsiyalariga ega emaslar, ular o’rta oraliqda qotib qolganlar. Biroq 2.2. rasmida ko’rsatilgan U-shaklidagi bog’liqlik barcha sohalarda ham kuzatilmaydi. Ba’zi bir sohalarda faoliyatning umumlashtirish va differentsiatsiya qilish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling