Biznesni tadqiq etish usullari
118
dinamikasiga mos kelishi lozim. Bunda quyidagilarni aniqlash kerak: mijozlarni;
mijozlarning extiyojlarini; ulardan qaysilarini va qanday qondirmoqchimiz?
Korxona missiyasini aniq belgilab olgandan keyin oliy rahbariyat ishlab chiqarish
portfelini ishlab chiqishga kirishadi (ba’zan uni biznes-portfel deb ham atashadi). U
korxona harakatlari dasturida bo’lgan faoliyat va chiqarilayotgan tovarlar turlari ro’yxatidan
iborat. Dastavval, korxonaning mavjud ishlab chiqarish portfelini tahlil qilish kerak. Bu
yerda korxona faoliyatining eng muhim yo’nalishlarini (tovar guruhi, tovar, savdo markasi),
ulardan har birining jozibaliga darajasini, investitsiya va foyda olish imkoniyatlarini
aniqlash nazarda tutiladi (portfelni rejalashtirish usullari, xususan, BKG, Dji-I-Makkenzi,
Ansoff va boshqalar).
6.2. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish tizimi, biznes faoliyatiga ta’sir
qiluvchi ichki va tashqi omillarni o’rganish
Biznesni boshqarish jarayoni keng ma’noda qaraganda to’rtta komponentni o’z ichiga
oladi:
korxona bozor imkoniyatlarining tahlili;
maqsadli bozorlarni tanlash;
marketing kompleksini ishlab chiqish;
marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish.
Marketingni boshqarish va korxonaning marketing strategiyasiga ta’sir ko’rsatuvchi
omillarning differentsiatsiyasi umumiy jarayoni chizma shaklida 6.2-rasmda ko’rsatilgan.
6.2-chizma. Biznesni boshqarish umumiy jarayoni
46
Ko’rinib turibdiki, diqqat-e’tibor markazida maqsadli iste’molchilar turibdi.
Korxonaning vazifasi shundan iboratki, bozorning tanlab olingan istiqbolli segmentlariga
nisbatan marketing kompleksini (tovar, narx, tarqatish va siljitish) ishlab chiqish va
46
Naresh M. Marketing research. Second edition. 2014 by Pearson Education, Inc.p. 145.
Do'stlaringiz bilan baham: |