6-MAVZU. FIRMANING BIZNES FAOLIYaTINI STRATEGIK
REJALASHTIRISH
6.1. Firmaning biznes faoliyatini modellashtirish va uning xususiyatlari.
6.2. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish tizimi, biznes faoliyatiga ta’sir
qiluvchi ichki va tashqi omillarni o’rganish.
6.3. Raqobat kurashi sharoitida firma faoliyati yoki faolligini belgilovchi asosiy
ko’rsatkichlar.
6.4. Marketing nazoratini amalga oshirish
6.5. SWOT tahlil, turli xil to’lovlar.
6.6. Marketing dasturini ishlab chiqishda foydalaniladigan zamonaviy axborot
texnologiyalari va maxsus kompyuter dasturlari.
6.1. Firmaning biznes faoliyatini modellashtirish va uning xususiyatlari
Bozorning to’xtovsiz o’zgarib turuvchi sharoitlari korxonalarga uzoq muddatli
strategiyalarni ishlab chiqish, maqsadlarni, imkoniyatlar va resurslarni aniqlash jarayoniga
jiddiyroq yondashishni talab qilmoqda. Bu ish rejalashtirish asosida amalga oshiriladi, unda
muhim rolni marketing egallaydi.
Marketingni rejalashtirish — bu marketing maqsadlariga erishish uchun marketing
resurslarini tizimli tadqiq qilishdir. Bu vosita yordamida korxona foydaga ta’sir qiluvchi
ko’pgina ichki va tashqi omillarni kuzatib boradi va nazorat qiladi. Mazmuni, ishlab
chiqarishning davomiyligi va ketma-ketligi, rasmiylashtirish darajasi va rejalashtirishni
tashkil qilish nuqtai nazaridan mazkur jarayon turli korxonalarda turlicha tashkil qilinadi.
Talabning hajmi va to’zilmasi noaniq tebranib turgan, tijorat operatsiyalarini o’tkazishda
xavf-xatarning darajasi yuqori bo’lgan bir nechta bozorlarda faoliyat yurituvchi korxona
ko’proq muayyan bozor vaziyatlari uchun ishlab chiqiladigan vaziyatli rejalarni qo’llashga
asoslanadi. Rejalashtirish jarayonining bevosita o’zi quyidagi o’zaro bog’liq elementlardan
iborat: tahlil, rejalashtirish, realizatsiya va nazorat. Bu jarayon har qanday rejalashtirish
turlari uchun universaldir.
Tahlil —mazkur korxonada yuzaga kelgan vaziyatni batafsil aniqlash va, asosiysi,
uning rivojlanishiga ko’maqlashuvchi va xavf-xatardan qochishga imkon beradigan haqiqiy
imkoniyatlarni aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |