Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
119 
marketing axborotini tahlil qilish, marketingni rejalashtirish va marketing nazorati 
yordamida uni harakatga keltirishdan iborat. 
Korxonaning bozor imkoniyatlari — bu korxonaning foyda olish maqsadida 
bozordagi faoliyatining jozibali yo’nalishlari. Marketing qarorlarini qabul qilish va ularni 
amalda tadbiq qilish bo’yicha xatti-harakatlarni rejalashtirish uchun korxonaning bozor 
imkoniyatlarini tahlil qilish zarur. Buning uchun tahlilning quyidagi usullari qo’llaniladi: 
Vaziyatli tahlil; SWOT-tahlil; STER-tahpil; SAR-tahlil. 
Vaziyatli tahlilning ahamiyati shundan iboratki, marketing tashqi va ichki muhitining 
asosiy elementlari ketma-ket ko’rib chiqiladi va ulardan har birining korxonaning bozor 
imkoniyatlariga ta’siri darajasi aniqlanadi. Natijada iste’molchilarning xatti-harakatlarini 
hisobga olish, bozor vaziyatini bilish, raqobatchilarning xatti-harakatlariga korxonaning 
javob reaktsiyalarini baholash, ta’minotchilar va vositachilarga nisbatan olib borilayotgan 
siyosat aniqlanib olinadi. Korxonaning bozor imkoniyatlarini tahlil qilish bo’yicha 
chuqurroq va batafsilroq ma’lumotlarni SWOT-tahlil asosida olish mumkin. 
STER-tahlil (ingliz atamalarining bosh harflarining abbreviaturasi) korxona tashqi 
muhitining eng muhim elementlari tahliliga asoslanadi. Ya’ni: iqtisodiy, texnik-texnologik, 
ijtimoiy-demografik, ekologik, siyosiy, etik va huquqiy. Bunda makro-muhitni 
shakllantirish va muayyan korxona bilan aloqa qilishda o’zgarishlar va tendentsiyalarga 
tegishli bo’lgan axborot to’planadigan ma’lumotlar banki yaratiladi. 
SAR-tahlil korxona faoliyatida xohlaydigan va haqiqiy voqealar o’rtasidagi strategik 
o’zilish va farqlarni aniqlashga imkon beradi. Korxona faoliyatidagi ko’tiladigan natijalar 
sifatida ko’pincha muayyan korxona erishmoqchi bo’lgan «balandlik» chiqadi. Haqiqatga 
kelsak, korxonaning vaziyati o’zgarmaganda, haqiqatan erishishi mumkin bo’lgan yoki 
erishgan natijalar hisoblanadi. 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling