Biznesni tadqiq etish usullari
119
marketing axborotini tahlil qilish, marketingni rejalashtirish va marketing nazorati
yordamida uni harakatga keltirishdan iborat.
Korxonaning bozor imkoniyatlari — bu korxonaning foyda olish maqsadida
bozordagi faoliyatining jozibali yo’nalishlari. Marketing qarorlarini qabul qilish va ularni
amalda tadbiq qilish bo’yicha xatti-harakatlarni rejalashtirish uchun korxonaning bozor
imkoniyatlarini tahlil qilish zarur. Buning uchun tahlilning quyidagi usullari qo’llaniladi:
Vaziyatli tahlil; SWOT-tahlil; STER-tahpil; SAR-tahlil.
Vaziyatli tahlilning ahamiyati shundan iboratki, marketing tashqi va ichki muhitining
asosiy elementlari ketma-ket ko’rib chiqiladi va ulardan har birining korxonaning bozor
imkoniyatlariga ta’siri darajasi aniqlanadi. Natijada iste’molchilarning xatti-harakatlarini
hisobga olish, bozor vaziyatini bilish, raqobatchilarning xatti-harakatlariga korxonaning
javob reaktsiyalarini baholash, ta’minotchilar va vositachilarga nisbatan olib borilayotgan
siyosat aniqlanib olinadi. Korxonaning bozor imkoniyatlarini tahlil qilish bo’yicha
chuqurroq va batafsilroq ma’lumotlarni SWOT-tahlil asosida olish mumkin.
STER-tahlil (ingliz atamalarining bosh harflarining abbreviaturasi) korxona tashqi
muhitining eng muhim elementlari tahliliga asoslanadi. Ya’ni: iqtisodiy, texnik-texnologik,
ijtimoiy-demografik, ekologik, siyosiy, etik va huquqiy. Bunda makro-muhitni
shakllantirish va muayyan korxona bilan aloqa qilishda o’zgarishlar va tendentsiyalarga
tegishli bo’lgan axborot to’planadigan ma’lumotlar banki yaratiladi.
SAR-tahlil korxona faoliyatida xohlaydigan va haqiqiy voqealar o’rtasidagi strategik
o’zilish va farqlarni aniqlashga imkon beradi. Korxona faoliyatidagi ko’tiladigan natijalar
sifatida ko’pincha muayyan korxona erishmoqchi bo’lgan «balandlik» chiqadi. Haqiqatga
kelsak, korxonaning vaziyati o’zgarmaganda, haqiqatan erishishi mumkin bo’lgan yoki
erishgan natijalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |