Biznesni tadqiq etish usullari
127
«Imkoniyatlardan kelib chiqib» moliyalashtirish asosan iste’molchilarga emas, ishlab
chiqarishga yo’naltirilgan korxonalar tomonidan qo’llanadi. Mazkur holda marketing
tadbirlariga mablag’larni ajratish barcha ishlab chiqarish talablari
qondirilgandan keyin
amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni bu yerda moliyalashtirishning «koldiq» usuli va undan
kelib chiqadigan sub’ektivizm va tasodifiylik omillari ko’rinib turibdi.
«Maqsad-vazifa» usuli boshqa usullardan farqli ravishda
marketing tadbirlarini
korxona ishining aniq, maqsadlari bilan bog’lash zaruriyatini nazarda tutadi.
Bu esa
marketing xarajatlari korxona o’z maqsadi sari borishda olishi kerak bo’lgan manfaatlari
bilan o’lchanishi kerakligini bildiradi. Bu usulni kullash marketing umumiy maqsadlarining
vaqt oraliqlari bo’yicha
tez-tez takrorlanadigan, marketing qurollarining muayyan
to’plamidan foydalanadigan kichik maqsadlarga bo’linishini nazarda tutadi.
7-MAVZU. RAQOBAT BOZORINING JOZIBADORLIGINI TAHLIL QILISH
VA TALABNI O’RGANISH
7.1. Raqobat bozorining mutlaq va joriy sig’imini aniqlash.
7.2. Bozor sig’imiga ta’sir ko’rsatuvchi madaniy va ijtimoiy omillar.
7.3. Iste’molchilar xulq-atvorini tadqiq qilish, ularga ta’sir ko’rsatuvchi omillar.
7.4. Talabni tadqiq qilish va prognozlashning asosiy tamoyillari.
Do'stlaringiz bilan baham: