Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
130 7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi; 8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat; 9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar; 10. Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo’lishi, raqobat darajasi bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari bilan ham belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida” gi Qonunida quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: - bir-birining o’rnini bosadigan tovarlar — o’zining belgilangan vazifasi, qo’llanilishi, sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari bo’yicha taqqoslanishi mumkin bo’lgan shunday tovarlarki, ularni oluvchi iste’mol qilish chog’ida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi yoki almashtirishga tayyor bo’ladi; - insofsiz raqobat — xo’jalik yurituvchi sub’ektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo’lishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo’lgan hamda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo’lgan yoxud ularning ishchanlik obro’siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo’lgan harakatlari; - iqtisodiy kontsentratsiya — xo’jalik yurituvchi sub’ektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga ta’sir ko’rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish; - iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish — xo’jalik yurituvchi sub’ektlar harakatlarini bunday xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan birortasi bilan ham bir shaxslar guruhiga kirmaydigan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan kelishib olish; - kamsituvchi shartlar (sharoitlar) — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish, olish, realizatsiya qilish, o’zgacha tarzda boshqa shaxsga o’tkazish shartlari (sharoitlari) bo’lib, ular boshqa teng shartlarda (sharoitlarda) bitta yoki bir nechta xo’jalik yurituvchi sub’ektni o’zga xo’jalik yurituvchi sub’ekt (raqobatchi) bilan taqqoslaganda teng bo’lmagan holatga solib qo’yadi; - kelishib olingan harakatlar — tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xo’jalik yurituvchi sub’ektning bozorning mazkur ishtirokchilaridan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan ma’lum bo’lgan, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan harakatlari; - moliya bozori — banklar hamda boshqa kredit, sug’urta va o’zga moliya tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O’zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo’linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko’rsatish imkoniyati mavjud bo’ladi; - noto’g’ri taqqoslash — raqobatchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan tarqatiladigan, tovar yoki moliya bozorida ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektga afzalliklar yaratadigan yoxud xo’jalik yurituvchi sub’ektni (raqobatchini) yoki raqobatchi ishlab chiqargan tovarni yomonlovchi yolg’on, noaniq yoki buzib taqqoslash; - raqobat — xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo’lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling