Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
137 8.3. Tashqi bozor kon’yunkturasini tadqiq qilishning ko’rsatkichlar tizimi va ularni tanlash mezonlari Bozor kon’yunkturasini tahlil qilish jarayonida muhim bo’lgan asosiy ko’rsatkichlarni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: ishlab chiqarish ko’rsatkichlari; ichki tovar aylanish ko’rsatkichlari; tashqi savdo ko’rsatkichlari; baholar darajasi ko’rsatkichlari; moliyaviy ko’rsatkichlar. 1. Ishlab chiqarish ko’rsatkichlari tahlil qilinganda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bo’ladi: • mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha belgilangan reja topshiriqlarining bajarilish tig’izligini tekshirish; • korxona mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi va o’zgarishining hajmi, tarkibi, assortimenti, sifati va bir tekisda ishlab chiqarishga baho berishi; • o’tgan oy, kvartal, yarim yil, yilga nisbatan rejaning bajarilishidagi farqni va uning sabablarini aniqlash; • mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha imkoniyatlarni aniqlash va uning tarkibi hamda sifatini yaxshilash; • mahsulotlarni yangilash darajasini baholash, ularning iste’molchilarning xohish va istaqlariga ko’ra takomillashtirish darajasini tahlil qilish; • ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko’pcatkichlarini tahlil qilish va boshqalar. 2. Ichki tovar aylanish ko’rsatkichlari bozor kon’yukturasining o’zgarish yo’nalishini ko’rsatadi va o’z tarkibiga quyidagilarni oladi: • tuzilgan shartnoma bo’yicha iste’molchilarga tovar yetkazib berish rejasining bajarilishi ko’rsatkichlari; • mahsulot sotish rejasining bajarilishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish ko’rsatkichlari; • ulgurji va chakana savdo korxonalarining mahsulot sotish hajmi ko’rsatkichlari; • iste’mol xarajatlari ko’rsatkichlari; • tovar zahiralari ko’rsatkichlari; 3. Tashqi savdo ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: • tashqi savdo aylanishining natura va qiymat hajmi; • eksport va importning natura va qiymat hajmi; • eksport va importning jug’rofiy taqsimlanishi; • savdo balansi qoldig’i yoki sof eksport; • tarmoqning yoki mamlakatning jahon eksporti yoki importidagi solishtirma salmog’i; • mahsulot ishlab chiqarishda va iste’mol qilishda eksport hamda importning ulushi. 4. Baholar darajasi va dinamikasini aniqlovchi ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: • ulgurji va chakana baholar indeksi; • mahsulot tannarxini tahlil qilish ko’rsatkichlari; • bir so’mlik mahsulotga ketgan xarajatlarni aniqlash; • ishlab chiqarishni boshqarish, xizmat ko’rsatish va sotishni tashkil qilish bo’yicha xarajatlarni baholash; • auktsion, birja, yarmarka va ko’rgazmalarda amalga oshiriladigan oldi-sotdi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling