Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
144 - xarajatdagi afzallik samaradorligi bo’yicha ikkinchi sotuvchining qilgan xarajatlariga nisbatan bahoni ortiq tushira olmaydigan kuchli xaridorlardan himoya qiladi; - kam xarajatlar mol yetkazib beruvchilarga afzallik yaratadi, baholarning ko’tarilishi esa yetakchiga kamroq ta’sir qiladi; - kam xarajatlar bozorga kirishda katta to’siqlarni hosil qiladi; - o’rinbosar tovarlarning paydo bo’lishi yetakchiga raqobatchisiga nisbatan xarajatlar doirasida erkin harakat qilishga imkoniyat beradi. 9.4. Yangi tovarni yaratish jarayoni va ularni tadqiq qilishning o’ziga xos xususiyatlari Baho - tovar qiymatining puldagi ifodasi bo’lib, bozor elementlari ichida eng murakkabi hisoblanadi. U o’zgaruvchan, harakatchan, bozordagi kon’yunkturali tebranishlarga moslashuvchan, doimo o’zgarib turuvchi mexanizmdir. Uzoq vaqt davomida iqtisodiyotimizda barqaror baholar ahvolini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashdagi ijtimoiy haqiqatning asosiy tamoyilli degan fikr hukmron edi. O’zgarmas baholar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to’siqlik qiladi. Baholarni tashkil qilishning haqqoniyligi illyuziyasini vujudga keltiradi. Bugungi kunda baholar tizimi ancha chalkashki, uni tushunib yetish bir muncha murakkab, eng asosiysi u xo’jalik yuritishning yangi bozorlar sharoitiga moslashmog’i lozim. Bozor baholarining asosiy xususiyati - ularning doimo o’zgarib turish qobiliyatidir. Bu tabiiy, chunki baholar talab va taqlifni o’zaro bog’lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchan. SHuning uchun marketing strategiyasida shunchalik harakatchan baholar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrini turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi. Baholar hech qachon sababsiz o’zgarmaydi. Marketingli yechimlar tizimida bahoni tashkil qilishda eng avvalo nimaga ahamiyat berish kerak, tovarning birlamchi bahosi qanday bo’lishi, foyda olish uchun va bozorda o’z mahsulotini ulushini oshirish uchun uni qanday o’zgartirish kerak?Marketing bo’yicha mutaxassislar bu savollarga javob berishga turlicha yondashadilar. Lekin ularning barchasi marketing dasturining umumiy strategiyasiga asoslanadi. Bu yondashishlarning asosiylariga to’xtalib o’tamiz. Birlamchi bahoni aniqlashda vaqt birligi ichida baho darajasining o’zgarishini aniq hisoblash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning hayotiylik davriga, tovarga talab va taqlifning potentsial miqdoriga bog’liq bo’ladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, taqsimlashning, almashuv va iste’molchining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi. Firma baho siyosatida tovar va xizmatlar birlamchi bahosini o’rnatishga marketing nuqtai nazaridan yondashishning o’ziga xos xususiyati xaridor o’z firmasiga doimo ishonadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida baholar ahamiyatining ortib borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg’unlashib ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi baho konkurentsiyasini oshirib yubordi. Baholar darajasi ko’p hollarda xaridor tomonidan belgilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling