Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
141 ko’rsatkichlarini belgilashni, shuningdek moddiy resurslarni sarflash va asosiy fondlardan foydalanish ustidan nazorat qilishni ko’zda tutadi. Marketing quyidagi tamoyillar asosida rejalashtiriladi: Milliylik tamoyili: marketing biznes-rejalari, avvalo hukumat siyosatini aks ettiradi. Siyosiy rahbarlikni xo’jalik rahbarligidan ajratib bo’lmaydi, ular bir butun rahbarlikdir. Bu tamoyil xo’jalik vazifalarini hal etishda printsipiallikni va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan yondashishni talab qiladi. Milliylik tamoyili marketingda mahalliychilik, millatchilik va qarindoshchilikka mutlaqo yo’l qo’ymaydi. Etakchi bo’g’in tamoyili. Hukumat har bir rejalashtirish bosqichida eng muhim xo’jalik vazifalarini ilgari suradiki, milliy iqtisodiyotning yanada yuksalib, respublika iqtisodiyotining mustahkamlab borishi va o’sha vazifalarning bajarilishiga bog’liq. Bu vazifalar hamma bosqichlarda ham bir xil bo’lmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o’tishning shu kundagi bosqichida marketing biznes-rejasi bozorni eng avvalo, iste’mol buyumlari bilan to’yintirish, sanoat korxonalarini esa eng yangi texnika va texnologiya bilan va umuman iqtisodiyotimizga bu muammolarni tezroq hal etish uchun ko’plab chet el investitsiyalarini jalb etishga yo’naltirmog’i lozim. Yaqin kelajakda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo’nalishi ishlab chiqarishning progressiv va iqtisodiy jihatdan samarali tarmoqlarini tez sur’atlar bilan o’stirishga qaratilishi ko’zda to’tilmoqda. Marketing biznes-rejalarida birinchi navbatda ana shu yetakchi bo’g’inlarni ta’min etishni ko’zda to’tilishi zarur. Ilmiy-texnika jihatidan asoslanganlik tamoyili. Bu - fan va texnika yutuqlarini hisobga olish demakdir. Bu tamoyil ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni bilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun talab va ehtiyojlarni hisobga ola bilishni taqozo etadi. Marketing biznes-rejalari real bo’lishini, texnika yangiliklari, progressiv normalar qo’llashni talab qiladi. Marketing biznes-rejalari hozirgi davrning iqtisodiy qonunlari asosida tuzilishi lozim. Ularning ilmiy asoslanganligi ko’p jihatdan iqtisodiy-matematik modellar va usullar hamda kompyuter, hisoblash texnikalaridan foydalanib tuzilishiga bog’liq. Biznes-rejasini tuzishda yuqorida qayd etilgan tamoyillardan tashqari demokratik tsentralizm va boshqa printsiplarga ham asoslaniladi. Marketing biznes-rejasi milliy iqtisodiyot biznes-rejasining muhim va ajralmas qismidir. Marketing biznes-rejalarini barcha korxonalar, qurilish tashkilotlari, vazirliklar, idoralar va respublikamizning markaziy rejalashtirish organlari ham tuzadi. Demak, marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va bo’g’inlarida tuziladi. Respublika marketing biznes-rejalari tovarlarni ichki va tashqi bozorda sotishni, eksport va import rejalari tuzishni, marketing byudjetini aniqlashni, tarmoq rejalari esa shu vazirlik va idoralarga qarashli korxona va tashkilotlarning tovarlarini sotishni o’z ichiga oladi.Firma rejalari har bir korxonada tuziladi. Korxonada marketing rejasi, avvalo, tovarga bo’lgan ehtiyojning homaki, dastlabki hisob-kitoblarga asoslanib ishlab chiqiladi, chunki qat’iy reja tuzish uchun ishlab chiqarish va kapital qurilishning hajmi hali tasdiqlanmagan bo’ladi. Marketing biznes-rejalari mahsulot tannarxi rejalari va moliyaviy rejalar bilan ham uzviy bog’langan. Marketing organlari mahsulot qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi ishlab chiqarish vositalarini ham o’z vaqtida sotib va iste’molchilarni ta’minlab, mahsulot tannarxining kamayishiga, foydaning ko’payishiga ta’sir etadi. Bu hol marketing biznes- rejasida o’z aksini topadi. Bunda biz material sarflash normalarini pasaytirish, materiallar, yonilg’i va hokazolarni tejab-tergab sarflash topshiriqlari haqida fikr yuritmoqdamiz. Marketing biznes-rejasining moliyaviy reja bilan bog’liqligi quyidagilardan iborat: korxonalar ko’pincha mavsumiy va boshqa zapaslar uchun bankdan qarz oladi, bu qarzlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling