Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar parametrlarining
staxastiklarini nazarda tutgan holda bozor kon’yukturasinng turli ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro aloqalar va proportsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tizimi orqali ifodalanadi. Regression va korrelyatsion tahlil usulida bog’lanishning regressiya tenglamasi aniqlanadi va u ma’lum ehtimollik (ishonchlilik darajasi) bilan baholanadi, keyin iqtisodiy- statistik tahlil qilinadi. Regressiya tenglamasining umumiy ko’rinishi: u = f (x 1 , x 2 , …, x n ) bu yerda u - natijaviy ko’rsatkich, f - funktsiya x - natijaviy ko’rsatkichga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Masalan. aholining maishiy xizmatlarga bo’lgan talabini istiqbollash modelining to’g’ri chiziqli regressiya modeli quyidagicha bo’ladi: u = a o + a 1 X 1 + a 2 X 2 + a 3 X 3 bu yerda: u - aholining maishiy xizmatlar uchun qiladigan o’rtacha sarfi; X 1 - aholining o’rtacha pul daromadi; X 2 - maishiy xizmat narxlarining o’rtacha indeksi; X 3 — aholi umumiy sonida shahar aholisining salmog’i. a 0 , a 1 , a 2 va a 3 — dastlabki ma’lumotlar asosida hisoblanadigan regressiya parametrlari. Bir omilli regressiya tenglamasining parametrlari quyidagi normal chiziqli tenglamalar sistemasi yordamida aniqlanadi: na 0 + a 1 x = y a 0 x + a 1 x 2 = yx Buerda n – to’plamning miqdori yoki kuzatuvlar soni x – omilninghaqiqiy qiymatlari y – natijaviy ko’rsatkichninghaqiqiy qiymatlari Regressiya va korrelyatsiya ko’rsatkichlari miqdor jihatdan chegaralangan to’plam ma’lumotlariga asosan aniqlanganligi uchun tasodifiy xatolar ta’sirida buzilgan bo’lishi mumkin. Agar ko’rsatkichlarda tasodifiy xatolarning ta’siri aytarli darajada katta bo’lmasa, bu ko’rsatkichlar ahamiyatli (mohiyatli) deb ataladi. Aniqlangan regressiya va korrelyatsiya ko’rsatkichlari har doim ham mohiyatli bo’lvermaydi. SHuning uchun ularning mohiyatli ekanligini tekshirib ko’rish zarur. Buning uchun matematik statistikaning Styudent (t), |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling