Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1. Firmaning ichki va tashqi bozordagi biznes strategiyasi umumiy kontseptsiyasi
Biznesni tadqiq etish usullari
140 Fisher (F), Darbin-Uotson (DW), Neyman (N) va boshqa me’zonlardan foydalanish mumkin. Regressiya tenglamasini tahlil va istiqbollashda natijaviy ko’rsatkichning omilga nisbatan elastiklik koeffitsentidan ham foydalaniladi. Elastiklik koeffitsienti (E) omilning 1% ga o’zgarishi bilan natijaviy ko’rsatkichning o’rtacha necha foizga o’zgarishini ifodalaydi: E = y x xy y Bu yerda xregressiya tenglamasining x bo’yicha xususiy hosilasi. Demak, shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Marketing tadqiqotlarida korrelyatsion- regression modellashni qo’llab tahlil va istiqbollashni amalga oshirishda yuqorida keltirilgan me’zonlar hisobga olinsa shak-shubhasiz ilmiy asoslangan natijalarga erishiladi. SHu bilan birga bozorning o’zgarishiga ko’ra firmaning holatini belgilash bo’yicha tuzilgan marketing tadbirlari ko’zlangan samarani beradi. Bozor kon’yukturasini tahlil va istiqbollash natijalari firmaning biznes reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng qo’llaniladi. 9-MAVZU. FIRMANING ICHKI VA TASHQI BOZORDAGI BIZNES STRATEGIYaSINI TANLASH 9.1. Firmaning ichki va tashqi bozordagi biznes strategiyasi umumiy kontseptsiyasi. 9.2. Yangi tovarlarni bozorga chiqarish holatini tahlil qilish. 9.3. Moliyaviy oqimlar tizimi. 9.4. Yangi tovarni yaratish jarayoni va ularni tadqiq qilishning o’ziga xos xususiyatlari. 9.5. Boston Konsalting Grupp (BKG) matritsasi, uning afzalliklari va kamchiliklari. 9.1. Firmaning ichki va tashqi bozordagi biznes strategiyasi umumiy kontseptsiyasi Strategik marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo’lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy resurslarni aniqlashni, talab va taqliflarni, sotishni rejalashtirishni va tovarlarni iste’molchilarga o’z vaqtida va to’liq yetkazib berishni, servis xizmatlari ko’rsatishni, moddiy resurslardan to’la va tejab-tergab foydalanish va hokazolarni o’z ichiga oladi.Tovarlarni iste’molchilarga sotish rejalashtirilayotganda iste’mol qilinmay qolgan materiallar, davlat buyurtmalari, ichki imkoniyatlardan foydalanish to’g’risidagi topshiriqlar va materiallarga berilgan byurtmalar hisobga olinadi.Tovarlar ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga o’z vaqtida va to’la yetib borishini rejalashtirish maxsus talabnomalarni solishtirishni, ularni bajarish uchun tovarlarni yetkazib beruvchilariga topshirishni, materiallar yetkazib berish hajmi va muddatlarni belgilashni, qanday transport vositalari bilan tashishni va sotish shakllarini belgilashni hamda tovarlarni omborlarga keltirishni o’z ichiga oladi. Tovarlarni to’g’ri tejab-tergab sarflashni rejalashtirish xom ashyo materiallari va yoqilg’i sarfini normallashtirishni, uskunalar, mashina va mexanizmlardan foydalanish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling