Biznesni tadqiq etish usullari
142
ularning moliyaviy rejasida aks ettiriladi. Aylanma mablag’lar normasi xom ashyo
materiallari va yoqilg’i zahirasi normasiga va boshqa normalarga bog’liq. Bu normalarning
hammasi marketingning strategik rejalarida ham o’z aksini topadi.
9.2. Yangi tovarlarni bozorga chiqarish holatini tahlil qilish
Iqtisodchi olimlar va amaliyotchilar marketing faoliyatida strategik qaror qabul qilish
uchun yordami tegishi mumkin bo’lgan bir qator modellar ishlab chiqqanlar. Ko’pgina bazis
strategiyalar bu modellar bilan bog’liq. Model aniq bir vaziyatdan kelib chiqib tanlanadi. Bu
modellardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
«Mahsulot-bozor» matritsasi (Ansoff matritsasi)
1
.
Bozorlar
Mahsulotlar
Mavjud bozorlar
Yangi bozorlar
Mavjud mahsulotlar
Bozorga yanada
chuqurroq kirib borish
I
Bozor
chegaralarini
kengaytirish
II
Yangi
mahsulotlar
Mahsulotni
takomillashtirish
III
Diversifikatsiya
IY
O’suvchi bozor sharoitida strategiyalarni yaratish uchun model taqlif etiladi.
Boshlang’ich nuqta korxonaning haqiqiy va rejadagi rivojlanishi o’rtasidagi farq yoki
marjasi hisoblanadi. Bu korxona maqsadlari avvalgi strategiyalar yordamida amalga
oshirilganini bildiradi. Bu vaziyatga yoki maqsadga o’zgartirish kiritish, yoki boshqa
strategik yo’llarni qidirish lozim. O’suvchi bozor sharoitida mumkin bo’lgan strategiyalarni
1966 yilda amerikalik olim Igor Ansoff «mahsulot-bozor» deb ataladigan matritsa
yordamida tuzgan. Bu matritsaning umumiy ko’rinishi yuqoridagi chizmada ko’rsatilgan.
Alohida muqobillar bilan bog’liq bo’lgan xavf-xatar miqdori bir xil emas. Bu
sinergetik ta’sirlarning kamayishi natijasidir. Turli strategiyalar muvaffaqiyatining ehtimoli
(Hinterhuber-Thom, 1995 tadqiqotlari):
- eski mahsulot eski bozorda 50%;
- yangi mahsulot eski bozorda 33%;
- eski mahsulot yangi bozorda 20%;
- yangi mahsulot yangi bozorda 5%.
Alohida muqobillar bilan bog’liq xarajatlar (Aurich-Shroeder, 1996, empirik
tadqiqotlari natijasi):
- bozorga ishlov berish - bazis;
- mahsulotni rivojlantirish - sakkiz marta oshiqcha xarajat;
- bozorni rivojlantirish - to’rt marta oshiqcha xarajat;
- diversifikatsiya - 12 va 16 marta oshiqcha xarajat.
Do'stlaringiz bilan baham: |