Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Qaymog’ini olish" va bozorga "kirib kelish" siyosatlari.
- "Qaymog’ini olish" siyosati
- "Kirib olish" siyosati
Biznesni tadqiq etish usullari
145 Rag’batlantirish bahosini belgilash ham xaridorni o’ziga jalb qilishda muhim rol o’ynaydi. Bunday bahoni belgilashda xaridor ruhiyati e’tiborga olinadi, ya’ni ular savdolashishni yaxshi ko’rishlari va ikkinchidan me’yordagi normadan past narxlar iste’molchini o’ziga ma’lum darajada diqqatini tortishi hisobga olinadi. "Qaymog’ini olish" va bozorga "kirib kelish" siyosatlari. "Qaymog’ini olish" siyosati yangi tovarlar uchun baho yuqori darajada belgilanadi. Bozor o’zlashtirilib asta- sekin to’yinishidan so’ng esa iste’mochilarni yanada jalb etish maqsadida baho tushiriladi, tovarlarga arzonroq baho belgilanadi. "Qaymog’ini olish" siyosati yaxshi natija berishi uchun tovarlarga bo’lgan talab narxlarga qisman ta’sirchan bo’lishi; xaridorlar mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan kam xabardor va shu sababli belgilangan summani to’lashga tayyor turishga; bozorda tovarga raqobat bo’lmasligi; bozor doirasida narx segmentlari mavjud bo’lib, ular muayyan chegaralarda narxni o’zgartirib turishda imkon berishi lozim. "Kirib olish" siyosati past narxlarni joriy etish va katta hajmli tovar oborotini amalga oshirishga qaratilgan siyosatdir. Bunda tovarlarga past baho belgilanadi. Oqibatda tovarlarning sotish hajmini keskin oshirib, tovarni yuqori narxlarda sotishga qaraganda ko’proq to’liq daromad keltiradi deb hisob yuritiladi. "Kirib olish" ko’proq bozor narx segmentlariga bo’linmagan va yuqori narxli tovarlarni xarid qilishga tayyor bo’lmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Bu siyosatning ijtimoiy mavqeini qiyofa-ramzini bermaydigan yangi tovarlarga nisbatan qo’llash lozim. Narxlarni belgilashda "raqobatda g’olib kelish" strategiyasi ham qo’llaniladi. Bu strategiya bozorga "kirib olish" strategiyasining boshqa bir ko’rinishi bo’lib, uning maqsadi yana chuqurroq masalaga - potentsial kelajak raqobatchining bozorga kirib kelishining oldini olishga qaratilgan. Uning vazifasi bozorda raqobatchi korxona paydo bo’lgunga qadar ko’proq tovarni sotishga erishish, xaridorlarning qalbiga o’rnashib olib, yangi raqobatchi korxonaga yo’l bermaslik tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Bu siyosat baholarni iloji boricha tannarxga yaqinroq darajada belgilashni taqozo etadi. Buning ma’nosi, olinadigan foyda miqdori kam bo’ladi va, demak, firmalar bozorda harakat qilmog’i va ko’proq foyda olish uchun katta hajmdagi tovarni sotishga erishmoqlari lozim. Amaliyotda aniq sharoitdan kelib chiqqan holda baho o’rnatishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: to’liq xarajatlar; o’rtacha xarajatlar: cheklangan xarajatlar ishlab chiqarishning normal (standart) xarajatlariga asosan, to’g’ridan-to’g’ri xarajatlarni hisobga oluvchi maqsadli baho yoki maqsadli foyda normasi. Bularning har bittasiga alohida to’xtalib o’tamiz. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling