Biznesni tadqiq etish usullari
146
oshirish, bozorda katta ulushga erishish va sotishni kengaytirishga
erishish maqsadida
foydalanadi. CHeklangan xarajatlar - ishlab chiqarishning bir birlik mahsulotga oshishi
natijasida umumiy xarajatlarning o’zgarishini bildiradi. CHeklangan xarajatlar
yuqori yoki
past bo’lishi mumkin. Bu-talabning harakateri va oshishi ko’lamiga; uning o’zgarish
davriga, mavjud bo’lgan quvvatlar bilan talabni qondirish imkoniyatiga va boshqa omillarga
bog’liqdir.
Baholarning normal (standart) ishlab chiqarish xarajatlari asosida hisoblash usuli
- maxsus baholarni hisoblash usuli sanaladi. Bu usulda - baholar haqiqiy xarajatlardan emas,
balki mavjud ishlab chiqarish sharoitida, mavjud moddiy va
qiymat normativlari asosida
hisoblanadi. Bu yerda xarajatlar ishlab chiqarish boshlanguncha hisoblab chiqiladi.
Mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi xom ashyo va materiallarga o’rnatilgan normativlaridan,
ishchi kuchiga haq to’lash xarajatlari normasidan va (naqladnoy) xarajatlardan olinadi.
Boshqacha qilib aytganda, baholarni hisoblash ishlab chiqarish quvvatlarini yuklash normal
miqdoriga nisbatan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: