Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 148
55
. 55 Paul W. Farris, Neil T. Bendle, Phillip E. Pfeifer, David J. Reibstein. Marketing Metrics.Second edition.2010 by Pearson Education, Inc.p. 36. Biznesni tadqiq etish usullari 148 Matritsadagi joylashuviga qarab, SICHBning to’rt xil turi farqlanadi. Portfolio terminologiyasiga asosan ular quyidagicha ataladi: «so’roq belgisi», «yulduzlar», «sog’iladigan sigirlar» va «yovvoyi mushuklar»: 1. Matritsaning tepa o’ng burchagida joylashgan SICHB «so’roq belgilari» deyiladi. Bu hayot tsiklining boshlang’ich davrida turgan mahsulotdir. Ular katta o’sish sur’atlariga ega bo’lishi mumkin, lekin ularning bozordagi ulushi unchalik katta emas. SHuning uchun bu holda korxonalar hujum strategiyalari va katta investitsiyalari yordamida tajriba egri chizig’ini qo’llash imkoniyatiga ega bo’lish uchun bozordagi ulushni kattalashtirishga harakat qiladilar. Kelajakda katta foyda keltiradigan mahsulotlarni kerakligi uchun bu mahsulotlarni qo’llab -quvvatlash zarur. SHuni hisobga olish kerakki, SICHB foydadan ko’proq xarajatlarga ega bo’ladi. Menejment mavjud resurslar yordamida bozordagi ulushning kengaytirilishi mumkinligini tekshirib ko’rilishi lozim. 2. Tepadan chap burchakda joylashgan SICHB («yulduzlar») hayot tsiklining o’sish bosqichidir. «Yulduzlar» ma’lum bir foyda keltiradi, lekin bu foyda «yulduzlar»ning bozordagi o’rnini mustahkamlash uchun sarflanadi. O’sish sur’atlarining pasayishi va savdo-sotiq stagnatsiya tufayli «yulduzlar» «sog’iladigan sigirlar»ga aylanadi. 3. «Sog’in sigirlar» - yetuklik darajasiga yetgan mahsulot. Bozordagi katta ulush bu turdagi mahsulotning xarajatlar bo’yicha katta afzallik yaratadi. 4. «Yovvoyi mushuklar» bozorning to’yinish va degeneratsiyasi bosqichiga tegishlidir. Ular bozorning katta ulushiga ham, yuqori o’sish sur’atlariga ham ega emas. Agar ular foyda keltirayotgan bo’lsa, bu foydani ularning «so’roq belgisi» yoki «yulduzlar»ga kirib borishi uchun investitsiyalash tavsiya etiladi. Bu SICHBi zarar keltirishni boshlashi xavfi bo’lsa, dezinvestitsiyalash stratagiyasini amalga oshirish va ularni ma’lum muddatga korxonaning Portfoliosidan chiqarish lozim. Modelning afzalliklari: - korxonaning strategik muammolarini tizimga solish va ko’rgazmali taqdim etilishi imkoniyati mavjudligi; - strategiyani tuzish uchun model sifatida qo’llanilishi, shu bilan birga, asosan, joriy ishlar bilan shug’ullanuvchi menejment korxonaning kelajagiga e’tibor qaratishi kerak; - qo’llashning osonligi; - SICHBning bozordagi ulushi va o’sish sur’atlarini aniqlashning qulayligidan iborat. Yuqorida bayon qilingan strategiyalarni amaliy faoliyatda qo’llash korxonaning rivojlanish darajasiga, ilmiy - tadqiqot ishlarining yo’lga qo’yilganligiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xususiyatlariga, bozorning segmentiga va yana boshqa bir qancha omillarga bog’liqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling