Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Maqsadli baho yoki maqsadli foyda normasi usuli


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Maqsadli baho yoki maqsadli foyda normasi usulito’g’ridan-to’g’ri xarajatlarni 
hisobga oladi. Bu usulda ham asos qilib quvvatlarni ma’lum bir yuklanganlik darajasiga 
to’g’ri keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi. Biroq foydani hisoblashga 
yondashish boshqacha, ya’ni firma o’z mahsulotiga oldindan shunday baho o’rnatadiki, 
unda foydaning aniq bir miqdori o’rnatilgan bo’ladi.
Umumiy qonuniyat shundaki: firma bozorda qanchalik mustahkam mavqega ega 
bo’lsa va firmada qanchalik marketing strategiyasi tajribasi ko’p bo’lsa, firmaning hisoblab 
chiqilgan baholari bozor bahosiga shunchalik yaqin bo’ladi.  
Bozorga mo’ljallangan, marketingdan keng foydalanadigan va ishlab chiqarishga 
mo’ljallangan firmalarning moliyaviy siyosatida jiddiy farq mavjud. Birinchisi, bozorda o’z 
o’rnini egallash va mustahkamlash uchun qanday qilib baho siyosatidan yaxshiroq 
foydalanish, xaridor qanday bahoni qabul qilishi mumkinligini aniqlash, raqobatchilardan 
qanday qarshi harakatni kutish kerakligicha diqqatini jalb qiladi. Ikkinchisi esa yuqori sifatli 
va past tannarx bilan tovar ishlab chiqarishga harakat qilib, asosiy diqqatni tannarxga 
qaratadi. Natijada tovarning xaridorlilik samarasi uno’tiladi. Marketingli sharoitda 
o’zgaruvchan baholardan foydalaniladi. Bu baholar talab va taqlifning o’zgarishiga juda 
sezgir. SHuning uchun ular bozordagi vaziyatga qarab doim o’zgarib turadi va o’z-o’zini 
tartibga soluvchi bozor munosabatlarining asosi bo’lib hisoblanadi.
9.1-jadval 
 
Tovar sifatiga bahoning bog’liqligi hisobga olingan baho o’rnatish 
strategiyalari 
BAHO 
Yuqori 
O’rta 
Past 
Yuqori 
1. Mukofotli 
chegirmalar 
strategiyasi. 
2. Bozorga chu-qur 
kirib borish stra-
tegiyasi. 
3.Yuqori 
qiy-matli 
ahami-yatchilik 
stra-
tegiyasi. 
O’rta 
4. Yuqori baholar 
strategiyasi 
5. O’rta dara-jali 
stra-tegiya. 
6. O’ta sifat-lilik stra-
tegiyasi. 
Past 
7.O’g’irlash 
strategiyasi. 
8. «Usti yaltiroqlik» 
strategiyasi. 
9. Past qiymatli 
ahamiyatlilik 
strategiyasi. 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling