Biznesni tadqiq etish usullari
143
xaridorlar ehtiyojini qondirish, balki bozordagi raqobat kuchlari ham turadi.
Porter
tomonidan ko’rsatilgan raqobatni harakatga keltiruvchi beshta kuch quyidagi chizmada
berilgan.
M. Porterning tadqiqotlari quyidagi xulosalarga olib keldi: avvalo katta bozor ulushiga
ega bo’lgan yirik korxonalar, bir tomondan va, ikkinchi tomondan, kichik ixtisoslashtirilgan
korxonalar talab qilinadigan rentabellik darajasiga erishish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Demak, o’rta
pozitsiya xavfli, bozorda yetakchilik qilishga erishish qobiliyati yoki
mablag’lari yo’q, barcha korxonalarga o’z ishini
belgilangan segmentda jamlab,
raqobatchilarga nisbatan afzalliklarni barpo etish tavsiya etiladi.
Potentsial yangi
raqobatchilar
Tarmoq ichidagi
Yetkazib
raqobatchilar Iste’molchilar
beruvchilar
Tarmoq ichidagi
raqobat
O’rinbosar tovarlar
9.1-chizma. Raqobatni yuzaga keltiruvchi kuchlar
1
.
Dastlabki holatning muhim tomonlarini oydinlashtirish baholash uchun asos raqobat
matritsasidagi holatlardan qaysi biri korxonaga ko’proq muvaffaqiyat keltirishidir. Porter
modeli, avvalo,
kontsentratsiya, bozorning yetilganlik darajasi va jahon raqobatining
intersivligi nuqtai nazaridan farq qiluvchi bo’lingan, yosh
va yetilgan tarmoqlarning
strategiyalarini boshqarish uchun kerak.
Porter strategiyasining afzalliklari:
- korxonaning boshqa raqobatchilari kuchli kurash natijasida zarar ko’ra boshlasa,
uncha kam bo’lmagan xarajatlar bilan ham korxona daromad oladi;
1
M.Porter. Mejdunarodnaya konkurentsiya. M.
Progress, 1996, 202 -bet.