Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
136 
 
 
8.2-chizma. Bozor kon’yukturasini tadqiq qilish jarayoni 
Kuzatuv va tahlilning doimiylik tamoyili tadqiq qilish faoliyatiga ma’lum shartlar 
qo’yadi. ґaqiqatan ham, shunday shartlar qo’yilgan taqdirdagina bozorda sodir bo’ladigan 
o’zgarishlarni aniqlashga va ularni amaliy faoliyatda hisobga olishga imkon yaratiladi. By 
demak, bozorni tadqiq qilishdan oldin tahlil qilish davri (oy, kvartal, yarim yil, yil) 
aniqlanishi lozim. Bundan tashqari mo’ljallanayotgan tahlil va istiqbollarning darajasi 
aniqlanib olinishi kerak, chunki shunga ko’ra kerakli ma’lumotlar hajmi va xarakteri 
belgilanadi.Axborotlar yig’ish bosqichida bozor kon’yunkturasining asosiy ko’rsatkichlari 
aniqlanadi, axborotlar manbai tanlanadi va kon’yunktura to’g’risida ma’lumotlar 
to’planadi.Yuqoridagi tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng, bevosita tahlil qilishga 
kirishiladi. 
8.2. Kon’yunkturani tashkil qiluvchi omillar, asosiy ko’rsatkichlar va ularni tahlil 
qilish va istiqbollash usullari 
Bozor kon’yunkturasini tahlil qilish va iste’molchilar talabini o’rganish jarayoni 
quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: 
 
birinchi bosqich, jami aniqlangan omillar va ko’rsatkichlardan eng muhimlari tanlab 
olinadi, alohida baholar, statistik ko’rsatkichlar ajratiladi; 
 
ikkinchi bosqich, har bir ko’rsatkich bo’yicha dinamik qatorlar tuziladi, bu 
o’rganilayotgan omilning kon’yunkturani o’tgan, bugungi va kelgusidagi o’zgarishiga 
ta’sirini ko’rsatish imkoniyatini beradi; 
 
uchinchi bosqich, kon’yukturaga ta’sir ko’rsatuvchi omillar ichidan ta’sir doirasi 
bo’yicha muhimlari aniqlanadi. Bu vazifa dinamik qatorlar asosida omillarning o’tgan davr 
mobaynida kon’yunkturaga ko’rsatgan ta’siri doirasiga qarab tanlanadi. Masalan, ishlab 
chiqarish hajmining o’zgarishini tadqiq qilganda unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar aniqlanadi, 
ya’ni bular yangi ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga tushirilishi, 
avtomatlashtirish darajasining oshirilishi, talabning oshishi yoki kamayishi va boshqalar 
bo’lishi mumkin; 
 
to’rtinchi bosqich, barcha omillarning o’zaro ta’sirini bir butun sifatida ko’rib 
chiqish. Buning natijasida, avvalambor, ta’sirning umumiy natijasi aniqlanadi va 
kon’yukturaning holati belgilanadi; 
 
ikkinchidan esa, har bir alohida olingan omilning kont’yukturani shakllanishidagi 
o’rni va tasiri o’rganiladi. 
Бозор конъюктурасини тадқиққилиш 
Конъюктурани таҳлил қилиш 
Конъюктурани 
истиқболлаш 
Конъюктурадан фойдаланиш 
самарадорлигини баҳолаш 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling