8.1-chizma. Bozorni tadqiq qilishni amalga oshirishningtartibi
Marketing tadqiqotlarini amalga oshirishda axborotlarni yig’ish bosqichi o’ta muhim
hisoblanadi. Bozor kon’yunkturasini tadqiq qilishda turli manbalardan olingan axborotlar
tahlil qilinadi. SHu jihatdan axborotlar umumiy, tijorat va maxsus axborotlar turkumiga
ajratiladi. Bozor holatini va ishlab chiqarishni umumiy jihatlarini ifodalaydigan axborotlar
umumiy hisoblanadi, hamda ularni yig’ish manbalari davlat va tarmoq statistikasiga
topshiriladigan maxsus hisobot hujjatlaridir.
Bozor kon’yukturasini tadqiq qilish jarayonini o’zaro bog’liq bo’lgan uch bosqichga
bo’lish mumkin. Bu bosqichlarni alohida-alohida ko’rib o’tamiz.Birinchi bosqich — bozor
kon’yukturasini tadqiq qilish.ґar bir tadqiqotda, izlanishda, rivojlanishda bo’lgani kabi
bozor kon’yukturasini tadqiq qilishda ham o’ziga xos tamoyillar mavjuddir.
Bu tamoyillardan asosiylari uchta bo’lib, ular maqsadga qaratilganlik, komplekslik va
doimiylikdir.Maqsadga qaratilganlik tamoyili bozor kon’yukturasini tadqiq qilish va uning
rivojlanish jarayonlarini aniqlashni korxonaning kelgusidagi rejalari bilan uzviy
bog’liqlikda amalga oshirishni o’z ichiga oladi.Kompleks yondashuv esa:
birinchidan, bozorning barcha asosiy elementlarini tahlil qilishni;
ikkinchidan, bozorni tadqiq qilishda umumiqtisodiy o’zgarishlar va boshqa tovarlar
bozorida bo’ladigan o’zgarishlar bilan o’zaro aloqadorlikda tahlil qilishni;
uchinchidan, bozorga ta’sir ko’rsatuvchi barcha omillarni o’rganishni o’z ichiga
oladi.
Бозорни тадқиқ қилиш
Тижорат фаолияти
хусусиятларининг тавсифномаси
Умумхўжалик коньюктурасини
тадқиққилиш
Рақобатчи фирма фаолиятини
таҳлил қилиш
Товарлар бозори коньюктурасини
тадљиљ љилиш
Талабни тадқиқ
қилиш
Товар сотиб олувчиларни
тадқиққилиш
Таклифни тадқиққилиш
Фирманинг тижорат
фаолиятидаги ўзига хос
хусусиятларини баҳолаш
Бозорнинг ривожланиш
жараёнини аниқлаш
Do'stlaringiz bilan baham: |