Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4. Talabni tadqiq qilish va prognozlashning asosiy tamoyillari
Biznesni tadqiq etish usullari
132 Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir. Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan mahsulotlar bozordan siqib chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. To’yinish davrida firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo’yicha to’liq sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga qaratiladi. Inkiroz davrida mahsulotning o’tishi qiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot tayyorlashni davom ettirishdan iborat» bo’ladi, mahsulotni bozorga yetkazib berishni to’xtatish haqida kat’iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin bo’lgan jami foydani siqib olish uchun shunday qilinadi. Tovarni yashash davri kontseptsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda katta ahamiyatga egadir. 7.4. Talabni tadqiq qilish va prognozlashning asosiy tamoyillari Firmaning samarali tovar siyosatini olib borishi ikki yirik muammo bilan bog’liqdir. Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash davri bosqichlarini hisobga olgan holda ishni oqilona tashkil etishni tashkil etishi lozim, ikkinchidan, yangi tovar ishlab chiqarishni o’z vaqtida amalga oshirish kerak. Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barqaror assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi. Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud tovar miksni jalb yetuvchanligini yaxshilash bo’yicha 3 ta strategik yo’nalishni o’z ichiga oladi: 1. Tovar innovatsiyasi 2. Tovar variatsiyasi 3. Tovar eliminatsiyasi. Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tadbiq etish dasturini aniqlaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun ishlatiladi. Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik» tushunchalari bilan sinonim hisoblanadi. Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo’yicha yangi g’oyani olish, shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish tushuniladi. Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo’llashni ko’zda to’tadi va amalga oshirish shakli bo’yicha tovar differentsiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bo’linadi. Tovar diversifikatsiyasi o’zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi bir qator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini mujassamlashtiradi. Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste’molchilar ishonchini kozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar e’tibori va qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, xaridorlarni tovarni intensiv iste’molini rag’batlantirish orqali amalga oshiriladi. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling