Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


 Raqobat bozorining mutloq va joriy sig’imini aniqlash


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

7.1. Raqobat bozorining mutloq va joriy sig’imini aniqlash 
 
Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol 
xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining 
yextiyojlarini qondirish xususiyatidir. 
Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir. 
Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi: 
-rangi, qadoqlanishi (o’rash, bog’lash), tashqi ko’rinishining fasohati (dizayni), 
ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va boshqalarning qulayligi va boshqalar). 
Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati tahlil qilinadi. 
Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol 
xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining 
extiyojlarini qondirish xususiyatidir. 
Tovarlar quyidagi mezonlari bo’yicha alohida guruhlarga bo’linadi: 
 maqsadli ko’rsatkich bo’yicha 
 bozor turiga ko’ra 
 foydalanishga tayyorligiga ko’ra 
 iste’molchilar soniga qarab bo’linadi. 
Maqsadli xarakteriga ko’ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab chiqarishga oid 
tovarlarga bo’linadi. 
Iste’mol tovarlari – bu shaxsiy iste’mol uchun mo’ljallangan tovarlardir. Ular 
kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida talabdagi 
tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo’linadi. 
Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish, 
tozalash vositalari, uy xo’jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin. 


Biznesni tadqiq etish usullari 
128 
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko’ra ularni o’z navbatida 
3 ta quyi guruhga ajratish mumkin: 
1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo’jalik sovuni) 
2. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta) 
3. Favqulotda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont). 
Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or uchun 
elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda 
bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar: 
 o’xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi bo’yicha 
farqlanadi)
 alohida ko’rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan) 
Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam 
o’ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko’ra 
 qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar 
 uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar 
Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo’lib 
 foydani ta’minlash 
 taqsimotni o’stirish 
 firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko’paytirish 
 ishlab chiqarish va marketing xarajatlarini tejash 
 imijni oshirish bo’lib hisoblanadi. 
Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni hal etish 
orqali amalga oshiriladi: 
 uning innovatsiyasi 
variatsiya 
 differentsiya 
 eliminatsiya 
 markani o’rnatish va tanlash 
qadoqlash
 tovarni shakli, turi va boshqalar. 
SHunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi: 
 yangi tovarlarni qidirish 
 yangi tovarlarni rivojlantirish 
 bozorga yangi tovarlarni kiritish 
tovar shakllarini asoslash 
 tovar sifatini tartibga solish 
 bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar. 
Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan vazifalarni 
hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshadi. Buning uchun, ya’ni qarorni 
asoslash uchun tovarni hayotiylik davri modeli ishlatiladi. 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling