Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Marketing dasturini ishlab chiqishda foydalaniladigan zamonaviy axborot
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona mahsulotiga talabning pastligi Eskirgan asbob-uskunalar
- «maqsadli foyda asosida rejalashtirish»
6.6. Marketing dasturini ishlab chiqishda foydalaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari va maxsus kompyuter dasturlari Afzalliklar Kamchiliklar Imkoniyatlar Tahdidlar O’ziga xos asbob- uskunalarning mavjudligi Yaxshi jihozlangan ishlab chiqarishg’texnik baza Malakali boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari Korxonaning yaxshi obro’-izzati Rahbariyatning ma’muriy organlar bilan ish aloqalari Yaxshi g’oyalarning mavjudligi va ularni doimiy qo’llab turish Ishlab chiqarish uskunalarining to’la quvvat bilan yuklanmaganligi Korxona mahsulotiga talabning pastligi Eskirgan asbob-uskunalar Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari rejalashtirilganda n yuqori Bozorning kattaroq ulushini egallash Ishlatilmaydigan ishlab chiqarish zahiralarining ko’pligi Diversifikatsiya uchun qo’lay imkoniyatlar (foydalanmaydigan ishlab chiqarish- ma’muriy maydonlar, malakali xodimlar, g’oyalarning mavjudligi) Korxona mahsulotiga strategik talabga doir tadqiqotni o’z kuchi bilan o’tkazishi Mahsulotni sotish hajmlarining pastligi Raqobatchilarni ng qarshiligi ko’tiladigan dan yuqori Ishlab chiqarilgan mahsulotga haq to’lamaslikning o’sishi Yoqilg’i- energetika va boshqa resurslarga narxlarning o’sishi Biznesni tadqiq etish usullari 126 Marketing byudjeti rejalashtiriladigan daromadlar va xarajatlar asosida resurslarni taqsimlash va nazoratni amalga oshirishga doir to’g’ri qarorlar qabul qilish maqsadida turli tovar va iste’molchilar guruhlari (maqsadli bozorlar)ga nisbatan ishlab chiqiladi. Odatda, marketing byudjetini tuzishda ikkita yondashuv qo’llaniladi: birinchisi — «maqsadli foyda asosida rejalashtirish» va ikkinchisi — «foydani optimallashtirish asosida» deb nomlanadi. Birinchi holda marketing byudjetini ishlab chiqish quyidagi ketma-ketlikka ega: bozor sig’imining istiqbolini belgilash; korxonaning bozor ulushi istiqbolini belgilash; sotilishlar hajmini belgilash, narxlarni o’rnatish; sotilishlardan daromadlar; doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar, shu jumladan, marketing xarajatlari; maqsadli foyda summasi; yalpi foyda; marketing xarajatlari. Yalpi foydadan o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar, shuningdek, maqsadli foydaning qiymati chegariladi. SHunday qilib, marketing xarajatlari belgilanadi. SHundan keyin marketing xarajatlari marketing-miksning alohida elementlari bo’yicha detallashtiriladi. Ikkinchi holda muayyan vaqt oralig’ida, turli xarajatlarga, marketing-miksning bitta yoki bir nechta elementlariga nisbatan sotish hajmining istiqbolli baholari aniqlanadi. Prognoz statistik, eksperimental va ekspertli usullar asosida baholanadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, sotish hajmi marketing xarajatlari ko’payishi bilan o’sib boradi. Biroq, marketing xarajatlarining past bo’lishi sotish hajmining keskin o’sishiga olib kelmaydi, ushbu xarajatlar ko’payganda sotish samaradorligi ham o’sib boradi, lekin marketing xarajatlarining muayyan qiymatlaridan keyin kamayib boradi (bozor to’yinadi). SHu bilan birga marketing byudjetini tuzish bozorda faoliyat yuritishning maqsadlari va strategiyalari o’rtasida ustuvor yo’nalishlarni belgilash, resurslarni taqsimlash sohasida aniq qarorlar qabul qilish, samarali nazoratni amalga oshirishga imkon beradi. Marketing byudjetini ishlab chiqish jarayonida marketing kompleksining har bir komponenti bo’yicha maqsadga erishish uchun harakatlar dasturi va kadrlar ta’minoti eng muhim bo’lib hisoblanadi. Harakatlar dasturi — bu faoliyatni amalga oshirish uchun kerak bo’lgan hamma marketing tadbirlarini ijro etuvchilar dasturning o’rtasida funktsiyalarni taqsimlagan holda tasvirlaydigan hujjatdir. Tabiiyki, marketing xarajatlarining hajmi va strukturasi korxona faoliyatining miqyosi va uning bozordagi holatiga bevosita bog’liq. Yangi tovarlarni chiqarish, kengayish yoki yangi sotish bozorlarini o’zlashtirish, keskin oshib borayotgan raqobat, korxona nufuzini oshirish zaruriyati xarajatlarning ko’payishiga olib keladi. Sanab o’tilganlar bilan bir qatorda firmalar amaliyotida marketing byudjetini aniqlashning boshqa usullari ham qo’llanilishi mumkin. Masalan, «qat’iy belgilangan foiz» usuli, «imkoniyatlardan kelib chiqib» moliyalashtirish, «maqsad-vazifa» usuli va xokazo. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling