Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yillik rejalar
Biznesni tadqiq etish usullari
122 Muammon i anglash Axborotn iizlash Variantlarni baholash Xaridto’g’risidag iqaror Xaridgajavobreaktsiyas i 6.4-chizma. Xarid to’g’risida qaror qabul qilish bosqichlari Xarid jarayoni oldi-sotdi jarayonidan ancha oldin boshlanishi sababli marketing taktik rejasining maqsadi ushbu bosqichlardan har biriga kirib borish va xaridorning xatti- harakatlarini firma uchun kerak bo’lgan tomonga yo’naltirishdan iborat. Yangi tovarlarni xarid qilish to’g’risida qaror qabul qilishning o’ziga xos xususiyati shundan kelib chiqadiki, xaridorlar, odatda, tovar to’g’risida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmaydilar. SHuning uchun bu holda quyidagi bosqichlar qo’shiladi: xabardorlik, qiziqish, tatib ko’rish. SHuni ham nazarda tutish kerakki, odamlar yangiliklarga turlicha munosabatda bo’ladi — ba’zilari ularni darhol qabul qiladi, boshqalar bu jihatdan ancha orqada qoladi. Yangi tovar marketingining taktikasi uni 50% xaridorlardan ko’pi qabul qilmasligini, qolgan qismi uchun esa turli marketing vositalaridan foydalanib kurashish kerak bo’lishini hisobga olishi kerak. Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi marketingning taktik rejasini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. Bozorda bir nechta sotuvchi bo’lgandan keyin, tabiiyki, ular o’rtasida raqobat, xaridor uchun kurash boshlanadi. Bu kurashning muvaffaqiyati, asosan, u qanchalik tashkillashtirilgan va savodli olib borilishiga bog’liq bo’ladi. 6.4. Marketing nazoratini amalga oshirish Marketing nazorati — bu marketing strategiyalari va rejalarining natijalarini o’lchash va baholash, marketing maqsadlariga erishishni ta’minlovchi o’zgartiruvchi harakatlarni bajarish bo’yicha tadbirlar kompleksiga aytiladi. Korxonalar faoliyati amaliyotida asosan nazoratning quyidagi turlari qo’llaniladi: - yillik rejalar nazorati, daromadlilik nazorati, samaradorlik nazorati va strategik nazorat (6.2- jadval). Yillik rejalar sotilishlar hajmlari, bozor ulushi, marketing xarajatlari va sotilishlar hajmi o’rtasidagi nisbat, moliya tahlili yordamida nazorat qilinadi. SHu bilan bir qatorda korxonaning tovarlari haqidagi iste’molchilar fikri ham o’rganiladi. Sotilishlarning tahlili turli mahsulotlarning turli bozorlarda haqiqiy sotilish hajmini bu sohada qo’yilgan vazifalarga nisbatini o’lchash va baholash maqsadida amalga oshiriladi. Bozor ulushining tahlili korxonaning raqobatchilarga nisbatan bozordagi holatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Marketing xarajatlari va sotilishlar hajmi xarajatlari quyidagi ko’rsatkichlardan iborat: savdo agentlari faoliyatining xarajatlari sotilishlar hajmiga nisbati; reklama xarajatlarining sotilishlar hajmiga nisbati; sotishni rag’batlantirish xarajatlarining sotilishlar hajmiga va sotish bo’limlarining ma’muriy xarajatlari sotilishlar hajmiga nisbati. Marketing xarajatlari va sotilishlar hajmi o’rtasidagi munosabatni tahlil qilish haqida gapirsak, u korxonaga marketing xarajatlarining samaradorligini baholashga va ularning eng qulay kattaligini aniqlashga imkon beradi. Tahlilning miqdor turlari bilan bir vaqtda sifat o’lchashlarni ham olib borish kerak. Ularning natijalari rahbariyatni sotilishlar hajmida ro’y berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar to’g’risida ogoh etishi mumkin. Gap iste’molchilar, dilerlar va bozorning boshqa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling