Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing kompleksini ishlab chiqish
- Marketing tadbirlarini hayotga tadbiq qilish
Maqsadli bozorlarni tanlash — bu korxona o’zining marketing xatti-harakatlarini
yo’naltirmoqchi bo’lgan jozibali bozorni aniqlashdir. Bu yerdagi qabul qilingan qarorlar yo’nalishlarni, segmentatsiyaning mezonlarini va ko’rsatkichlarini tanlash, shuningdek, segmentatsiyalash usullari va bozorning maqsadli segmentlarini tanlash kabi jarayonlar bilan bog’liq. Marketing kompleksini ishlab chiqish qo’yilgan maqsadlarga erishishni eng yaxshi tarzda ta’minlay oladigan marketing qurollarining kombinatsiyasini qo’llashdan iborat. Marketing kompleksini shakllantirishga, birinchi navbatda, bozorning tanlangan maqsadli segmentidagi talabning ahvoli (rivojlanayotgan, salbiy, irratsional va hokazo) ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun vaziyatning xususiyatiga qarab marketing vositalarining muayyan kombinatsiyasi ustuvor yo’nalishlar va strategik qarorlar ko’rsatilgan holda tuziladi. Marketing tadbirlarini hayotga tadbiq qilish — bu korxonaning maqsadli bozordagi marketing xatti-harakatlarining aniq rejasidir. U qabul qilingan qarorlarga muvofiq barcha marketing vositalarini o’z ichiga oladi (marketing-miks). Reja quyidagi to’zilmaga ega: 1) tadbirning nomi; 2) bajarilish muddatlari; 3) tadbirni bajarish uchun mas’ul shaxs; 4) tadbirni o’tkazish qiymati; 5) ko’tilayotgan natijalar. 6.3. Raqobat kurashi sharoitida firma faoliyati yoki faolligini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlar Biznesni tadqiq etish usullari 120 Marketing rejasi — bu marketing faoliyatining barcha turlarini korxonaning maqsadlari, uning resurslari, kadrlar imkoniyati, tashkiliy tuzilishiga muvofiq birlashtirishga imkon beruvchi tashkiliy-boshqaruvchilik hujjatidir. Korxona kelajak haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi kerak, degan fikr mavjud. Bu tasavvur asosiy strategik yo’nalishni belgilaydi, tafsilotlar esa oldinga harakatlanish davrida ishlab chiqiladi. SHuning uchun marketing rejasi hal qiladigan vazifalardan kelib chiqqan holda uning korporativ rejadagi vaziyati muvofiqlashtiruvchi rol o’ynaydi. Marketing rejasi odatda kirishdan boshlanadi, unda maqsadlar va ularni hayotga tadbiq qilish bo’yicha tadbirlar bayon qilinadi (6.1-jadvalga qarang). Bozor vaziyati va uning istiqbollari bo’limida taqdim qilingan axborot asosida bozor, tovar, raqobatchilar va tovarlarni tarqatish tahlil qilinadi. Korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlarini tahlil qilishdan maqsad tovarga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan asosiy xavflar va imkoniyatlarni tasvirlashdir. Moliyaviy va marketing maqsad va vazifalari bo’limida mazkur tovar bo’yicha korxonaning vazifalari ifodalanadi. Harakatlar dasturlari nima, kim tomondan va qachon amalga oshirilishini va buning qiymati qancha bo’lishini belgilaydi. Byudjetlar — bu ko’tiladigan xarajat va daromadlar. Ular mazkur rejaning bajarilish natijalarini oldindan moliyaviy baholashga imkon beradi va, nihoyat, nazorat va tartiblashtirish rejaning bajarilishi qanday nazorat qilinishi va rejadagi xatti-harakatlar o’zgartirish bo’yicha tadbirlar qanday amalga oshirilishini ko’rsatadi. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling