Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
118 
dinamikasiga mos kelishi lozim. Bunda quyidagilarni aniqlash kerak: mijozlarni; 
mijozlarning extiyojlarini; ulardan qaysilarini va qanday qondirmoqchimiz? 
Korxona missiyasini aniq belgilab olgandan keyin oliy rahbariyat ishlab chiqarish 
portfelini ishlab chiqishga kirishadi (ba’zan uni biznes-portfel deb ham atashadi). U 
korxona harakatlari dasturida bo’lgan faoliyat va chiqarilayotgan tovarlar turlari ro’yxatidan 
iborat. Dastavval, korxonaning mavjud ishlab chiqarish portfelini tahlil qilish kerak. Bu 
yerda korxona faoliyatining eng muhim yo’nalishlarini (tovar guruhi, tovar, savdo markasi), 
ulardan har birining jozibaliga darajasini, investitsiya va foyda olish imkoniyatlarini 
aniqlash nazarda tutiladi (portfelni rejalashtirish usullari, xususan, BKG, Dji-I-Makkenzi
Ansoff va boshqalar). 
 
6.2. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish tizimi, biznes faoliyatiga ta’sir 
qiluvchi ichki va tashqi omillarni o’rganish 
 
Biznesni boshqarish jarayoni keng ma’noda qaraganda to’rtta komponentni o’z ichiga 
oladi: 
korxona bozor imkoniyatlarining tahlili; 
maqsadli bozorlarni tanlash; 
marketing kompleksini ishlab chiqish; 
marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish. 
Marketingni boshqarish va korxonaning marketing strategiyasiga ta’sir ko’rsatuvchi 
omillarning differentsiatsiyasi umumiy jarayoni chizma shaklida 6.2-rasmda ko’rsatilgan. 
 
 
6.2-chizma. Biznesni boshqarish umumiy jarayoni
46
 
Ko’rinib turibdiki, diqqat-e’tibor markazida maqsadli iste’molchilar turibdi. 
Korxonaning vazifasi shundan iboratki, bozorning tanlab olingan istiqbolli segmentlariga 
nisbatan marketing kompleksini (tovar, narx, tarqatish va siljitish) ishlab chiqish va 
46
Naresh M. Marketing research. Second edition. 2014 by Pearson Education, Inc.p. 145. 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling