Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
131 
bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir 
ko’rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi
52
.
J.J.Lamben raqobatli afzalliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi – tashqi va 
ichki raqobatli afzalliklar, ya’ni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli 
afzalliklardir. Tashqi raqobatli afzallik tovarni «bozor kuchini ifodalaydi, ya’ni u bozorni 
imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila 
oladi va mavjud tovarlardan norozi bo’lgan xaridorlarning istaqlarini aniqlash va 
qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish 
xarajatlari, raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab 
chiqaruvchi uchun qiymat xosil qiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining 
bozor yoki raqobat tomoindan pasaytirilishiga ko’proq darajada bardoshli qiluvchi 
yuqoriroq unumdorlik oqibatidir»
53

Tovarni jalb yetuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar 
klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko’rinishida ko’rsatish mumkin: narx – sifat – servis – 
marketing muhiti. 
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog’liqdir. Ular sifat, iqtisodiyot va 
marketing ko’rsatkichlari yordami bilan to’liq tavsiflanishi mumkin. 
 
7.3. Iste’molchilar xulq-atvorini tadqiq qilish, ularga ta’sir ko’rsatuvchi omillar 
 
Firmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq etishga 
tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, to 
uning bozordan chiqib ketishiga qadar bo’lgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlardan 
iborat kontseptsiyadir. Birinchi marta tovarning yashash davri kontseptsiyasini 1965 yili 
Teodor Levitt tomonidan ye’lon qilingan. 
Tovarning yashash davri to’rt tipga ajratiladi: mahsulotning katta sinfining yashash 
davri, mahsulot turining yashash davri, qo’llash usullarining yashash davri, mahsulot 
markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib keltirsak, mahsulot turiga 
esa kul va osma soatlarni keltirish mumkin, qo’llash usullariga ko’ra esa qo’ng’iroqli 
soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin. 
Marketing maqsadlarida yashash davrining jami to’rtta tipi o’rganiladi, firma 
doirasida ikkincha va uchinchi tiplariga ko’proq e’tibor beriladi. Birinchisi shu sinfga 
mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda, to’rtinchisi esa raqobatchi firmaning 
mavqeini aniqlash zaruriyati paydo bo’lganda qo’llaniladi. 
Tovarning an’anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi.
1. ishlab chiqarish; 
2. kirib kelish; 
3. o’sish; 
4. yetuklik; 
5. to’yinish; 
6. inqiroz (kasodlik). 
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar bozorga kirib 
kelishining uzoq davrini boshidan kecharadi, boshqasi tezda kirib keladi, tarqaladi, uzoq 
muddat barqaror saqlanib turadi. 
52
O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risidagi Qonuni”. //Xalq so’zi, 2012-yil, 6 yanvarь. 
53
Lamben J.J. Strategicheskiy marketing. M.: Progress, 2008, 164-bet. 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling