Biznesni tadqiq etish usullari
134
Tovardan foydalanish samaradorligi
Komfortlilik
Ishonchlilik
Tovar dizayni va stili.
Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muhim o’rin egallaydi. Bu
strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda qo’shimcha tovarlarni ishlab
chiqarishni boshlaganda qo’llaniladi. Diversifikatsiya firma faoliyatida barqaror o’sishini
ta’minlash uchun samarali vosita sifatida chiqadi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qo’llash innovatsiya siyosatining tamoyil va
uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda amalga oshiriladi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqida g’oyani qidirish bilan boshlanadi.
Yangi tovar g’oyani qidirishni asosi bo’lib tovar haqidagi ichki va tashqi g’oyalar manbai
hisoblanadi.
Tashqi tovar haqidagi g’oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va
iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko’rgazmalar, tadqiqot institutlari, ta’minotchilar,
vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.
Tovar haqidagi ichki g’oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo’limi, ishlab
chiqarish bo’limi, marketing bo’limini barcha qismlari, halqaro iqtisoiy hamkorlik bo’limi,
tovarni tayyorlash bo’limi kiradi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o’z mazmuniga ko’ra yangi tovarni
rejalashtirish jarayonini ifodalaydi.
8-MAVZU. BIZNESDA BOZOR KON’YuNKTURASINI O’RGANISHNING
ASOSIY YO’NALISHLARI
8.1. Bozor kon’yunkturasining mohiyati va ahamiyati.
8.2. Kon’yunkturani tashkil qiluvchi omillar, asosiy ko’rsatkichlar va ularni tahlil
qilish va istiqbollash usullari.
8.3. Tashqi bozor kon’yunkturasini tadqiq qilishning ko’rsatkichlar tizimi va ularni
tanlash mezonlari.
8.4. Turli xil bozorlar kon’yunkturasini tadqiq qilishning o’ziga xos xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |