Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
117 Korxona ishida -yillik, uzoq muddatli va strategik rejalar qo’llanadi. Eng sodda bo’lib -yillik reja hisoblanadi, unda kelgusi yilga maqsadlar, xatti-harakatlar dasturi, strategiya, byudjet va nazorat shakllari to’plangan bo’ladi. SHu bilan birga unga detallashgan darajada mahsulotlar nomenklaturasi, ularni ishlab chiqarish hajmi, narxlari, xarajatlari, siljitish usullari, sotishdan keyingi xizmat ko’rsatish shakllari va hokazo kiritiladi. Uzoq muddatli reja kelgusi bir necha -yilga tuziladi va, odatda, har -yili unga ichki va tashqi sharoitlarga ko’ra o’zgartirishlar kiritiladi. Strategik reja korxonaning keng istiqbolini qamrab oladi va korxona imkoniyatlari (potentsiali) va atrof-muhit (bozor)ning tez o’zgarib turuvchi sharoitlari o’rtasida qulay nisbatni saqlab turish va mustahkamlash uchun qo’llanadi. Demak, strategik reja muayyan vaqt ichida tashkilotga ta’sir qilishi ko’tilayotgan asosiy omillar va kuchlarni tasvirlaydi, shuningdek, uzoq muddatli maqsadlar va asosiy marketing strategiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan resurslarni o’z ichiga oladi. Oxirgi vaqtlarda korxona ishining amaliyotida biznes-rejalarni ishlab chiqish tobora keng tarqatilmoqda. SHu bilan bog’liq holda korxona rejalashtirish umumiy tizimida biznes- rejaning o’rnini aniqlash maqsadga muvofiq deb topiladi. Kichik korxonalar uchun bitta biznes-reja tuzilishi mumkin bo’lsa ham, ko’pchilik korxonalar uchun biznes-reja ishlab chiqarish — xo’jalik va sotish faoliyati rejalaridan biridir. 6.1-chizma. Korxona missiyasini aniqlash. 45 Strategik rejalashtirish korxonaning boshqa barcha rejalashtirish turlarining asosi (shu jumladan, marketingning ham) bo’lib, korxona missiyasini aniqlashdan boshlanadi (6.1- rasm). Missiya — bu korxona maqsadining o’zi, ya’ni korxona yaqin kelajaqda keng ma’nodagi erishmoqchi bo’lgan narsalar. Missiya aniq ifodalanishi zarur va atrof-muhit 45 Philip Kotler, Kevin Lane Keller. Marketing management. 12 th edition. 2010 by Pearson Education, Inc.p. 78. Нима? Мижозларнинг эҳтиёжлари Ким? Мақсадли гуруҳлар Қандай ? Бизнинг хизматларимиз |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling