Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
123 
sub’ektlarining fikri va munosabatini o’rganish haqida bormoqda. Bunda iste’molchilarning 
og’zaki va yozma shikoyatlari sinchiklab o’rganiladi, maxsus iste’molchilar panellari 
tuziladi, iste’molchilarning qisqa muddatli tadqiqotlari olib boriladi. 
6.2-jadval 
Marketing nazorati turlari
49
 
Nazorat turi 
Asosiy 
javobgarlik 
Nazoratning 
maqsadi 
Mazmuni 
1. Yillik 
rejaning 
nazorati 
Oliy va o’rta 
darajadagi 
rahbariyat 
Rejalashtirilgan 
natijalar 
erishilganligini
tekshirish 
Sotish hajmining tahlili. 
Bozor ulushining tahlili. 
Sotish hajmining 
xarajatlarga nisbatining 
tahlili. Iste’molchilar 
fikrining tahlili 
2. 
Samaradorlik 
nazorati 
Marketing 
faoliyatining 
nazoratchisi 
Kompaniya qaerda 
pulni qo’lga kiritib, 
qaerda 
yo’qotayotganini 
tekshirish 
Mahsulotlar, hududlar, 
iste’molchilar, savdo 
kanallari va hokazolar 
jihatidan foydalilikni 
aniqlash 
3. 
Daromadlilik 
nazorati 
CHiziqli va 
shtab 
xizmatlarining 
rahbarlari. 
Marketing 
faoliyatining 
nazoratchisi 
Marketing 
faoliyatining 
samaradorligini 
baholash va oshirish 
Sotuvchilar ishi, reklama,
savdoni, taqsimotni 
rag’batlantirishning 
samaradorligini tahlil qilish 
4. Strategik 
nazorat 
Oliy 
rahbariyat, 
marketing 
auditorlari 
Kompaniya bozorlar, 
mahsulotlar va 
kanallarga nisbatan 
o’z imkoniyatlaridan 
yaxshi 
foydalanmoqdami 
Marketing faoliyati 
samaradorligining tahlili, 
marketing faoliyatining
auditorlik nazorati 
 
Foydalilik nazorati turli mahsulotlar, hududlar, iste’molchilar guruhlari, tovar 
harakati kanallarining foydaliligini ta’minlash maqsadida baholash va o’zgartiruvchi xatti-
harakatlarni amalga oshirishdan iborat. 
6.5. SWOT tahlil, turli xil to’lovlar 
Bunda g’arb amaliyotida keng tarqalgan SWOT — korxona faoliyatining tahlili 
(quyidagi so’zlarning bosh harflaridan olingan qisqa nom: Afzalliklar va Kamchiliklar, 
korxona uchun Imkoniyatlar va Tahdidlar) tavsiya etilishi mumkin. U chizma shaklida 6.5-
rasmda ko’rsatilgan. 
49
Philip Kotler, Kevin Lane Keller. Marketing management. 12 th edition. 2010 by Pearson Education, Inc.p. 815. 89 


Biznesni tadqiq etish usullari 
124 
Afzalliklar va Kamchiliklarni baholashda asosiy e’tibor korxonaning ichki 
omillariga, Imkoniyatlar va Tahdidlarni baholaganda esa tashqi muhitni belgilaydigan 
omillarga qaratiladi. 
Korxonaning ichki omillari undan tashqarida yuzaga keladigan iste’molchilar, 
ta’minotchilar, raqobatchilar, aloqador auditoriyalar va jamoatchilik fikribilan bog’liq 
bo’lgan muammolarga qaraganda osonroq aniqlanadi. 
 
6.5-chizma. Korxona faoliyati va rivojlanishining SWOT-tahlili.
50
 
Afzallik va kamchiliklarni aniqlashga resurslar va imkoniyatlarning tavsifi yordam 
beradi. Bunday deyilganda korxona uchun ijobiy deb baholashimiz mumkin bo’lgan har 
qanday turli ko’rsatkichlar va kattaliklar tushuniladi. Masalan, korxona darajasida bu ilg’or 
yoki eng yangi texnologiyalar va «nou-xau»lar, ishlab chiqarish va boshqaruv 
xodimlarining tegishli tayyorgarligi, boshqarish va rag’batlantirish usullarini ishlab chiqish 
yoki zamonaviylashtirish. 
SHunday qilib, korxona faoliyatining SWOT-tahlili korxona faoliyatini 
takomillashtirib borish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin, chunki imkoniyatlar va 
afzalliklarni o’stirish va kuchaytirish kerak, tahdidlar va kamchiliklarning ta’sirini 
kamaytirib, ularning salbiy ta’sirini yo’qotish yoki o’z afzalliklariga aylantirish kerak. Buni 
tashqi kontur — 6.5-chizmadagi strelkalar ko’rsatmoqda. Korxona faoliyatining SWOT-
tahliliga gipotetik misol 6.3-jadvalda keltirilgan. 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling