Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
122 
Muammon
i anglash 
Axborotn
iizlash 
Variantlarni
baholash 
Xaridto’g’risidag
iqaror 
Xaridgajavobreaktsiyas

 
6.4-chizma. Xarid to’g’risida qaror qabul qilish bosqichlari 
Xarid jarayoni oldi-sotdi jarayonidan ancha oldin boshlanishi sababli marketing 
taktik rejasining maqsadi ushbu bosqichlardan har biriga kirib borish va xaridorning xatti-
harakatlarini firma uchun kerak bo’lgan tomonga yo’naltirishdan iborat. 
Yangi tovarlarni xarid qilish to’g’risida qaror qabul qilishning o’ziga xos xususiyati 
shundan kelib chiqadiki, xaridorlar, odatda, tovar to’g’risida yetarlicha ma’lumotga ega 
bo’lmaydilar. SHuning uchun bu holda quyidagi bosqichlar qo’shiladi: xabardorlik, 
qiziqish, tatib ko’rish. SHuni ham nazarda tutish kerakki, odamlar yangiliklarga turlicha 
munosabatda bo’ladi — ba’zilari ularni darhol qabul qiladi, boshqalar bu jihatdan ancha 
orqada qoladi. 
Yangi tovar marketingining taktikasi uni 50% xaridorlardan ko’pi qabul qilmasligini, 
qolgan qismi uchun esa turli marketing vositalaridan foydalanib kurashish kerak bo’lishini 
hisobga olishi kerak. 
Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi marketingning taktik rejasini 
shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. Bozorda bir nechta sotuvchi bo’lgandan keyin, 
tabiiyki, ular o’rtasida raqobat, xaridor uchun kurash boshlanadi. Bu kurashning 
muvaffaqiyati, asosan, u qanchalik tashkillashtirilgan va savodli olib borilishiga bog’liq 
bo’ladi. 
 
6.4. Marketing nazoratini amalga oshirish 
 
Marketing nazorati — bu marketing strategiyalari va rejalarining natijalarini 
o’lchash va baholash, marketing maqsadlariga erishishni ta’minlovchi o’zgartiruvchi 
harakatlarni bajarish bo’yicha tadbirlar kompleksiga aytiladi. 
Korxonalar faoliyati amaliyotida asosan nazoratning quyidagi turlari qo’llaniladi: -
yillik rejalar nazorati, daromadlilik nazorati, samaradorlik nazorati va strategik nazorat (6.2-
jadval). 
Yillik rejalar sotilishlar hajmlari, bozor ulushi, marketing xarajatlari va sotilishlar 
hajmi o’rtasidagi nisbat, moliya tahlili yordamida nazorat qilinadi. SHu bilan bir qatorda 
korxonaning tovarlari haqidagi iste’molchilar fikri ham o’rganiladi. 
Sotilishlarning tahlili turli mahsulotlarning turli bozorlarda haqiqiy sotilish hajmini 
bu sohada qo’yilgan vazifalarga nisbatini o’lchash va baholash maqsadida amalga 
oshiriladi. Bozor ulushining tahlili korxonaning raqobatchilarga nisbatan bozordagi holatini 
aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. 
Marketing xarajatlari va sotilishlar hajmi xarajatlari quyidagi ko’rsatkichlardan 
iborat: savdo agentlari faoliyatining xarajatlari sotilishlar hajmiga nisbati; reklama 
xarajatlarining sotilishlar hajmiga nisbati; sotishni rag’batlantirish xarajatlarining sotilishlar 
hajmiga va sotish bo’limlarining ma’muriy xarajatlari sotilishlar hajmiga nisbati. Marketing 
xarajatlari va sotilishlar hajmi o’rtasidagi munosabatni tahlil qilish haqida gapirsak, u 
korxonaga marketing xarajatlarining samaradorligini baholashga va ularning eng qulay 
kattaligini aniqlashga imkon beradi. 
Tahlilning miqdor turlari bilan bir vaqtda sifat o’lchashlarni ham olib borish kerak. 
Ularning natijalari rahbariyatni sotilishlar hajmida ro’y berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar 
to’g’risida ogoh etishi mumkin. Gap iste’molchilar, dilerlar va bozorning boshqa 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling