Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
131 bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko’rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi 52 . J.J.Lamben raqobatli afzalliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi – tashqi va ichki raqobatli afzalliklar, ya’ni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli afzalliklardir. Tashqi raqobatli afzallik tovarni «bozor kuchini ifodalaydi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi bo’lgan xaridorlarning istaqlarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat xosil qiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomoindan pasaytirilishiga ko’proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik oqibatidir» 53 . Tovarni jalb yetuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko’rinishida ko’rsatish mumkin: narx – sifat – servis – marketing muhiti. Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog’liqdir. Ular sifat, iqtisodiyot va marketing ko’rsatkichlari yordami bilan to’liq tavsiflanishi mumkin. 7.3. Iste’molchilar xulq-atvorini tadqiq qilish, ularga ta’sir ko’rsatuvchi omillar Firmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq etishga tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, to uning bozordan chiqib ketishiga qadar bo’lgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlardan iborat kontseptsiyadir. Birinchi marta tovarning yashash davri kontseptsiyasini 1965 yili Teodor Levitt tomonidan ye’lon qilingan. Tovarning yashash davri to’rt tipga ajratiladi: mahsulotning katta sinfining yashash davri, mahsulot turining yashash davri, qo’llash usullarining yashash davri, mahsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib keltirsak, mahsulot turiga esa kul va osma soatlarni keltirish mumkin, qo’llash usullariga ko’ra esa qo’ng’iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin. Marketing maqsadlarida yashash davrining jami to’rtta tipi o’rganiladi, firma doirasida ikkincha va uchinchi tiplariga ko’proq e’tibor beriladi. Birinchisi shu sinfga mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda, to’rtinchisi esa raqobatchi firmaning mavqeini aniqlash zaruriyati paydo bo’lganda qo’llaniladi. Tovarning an’anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi. 1. ishlab chiqarish; 2. kirib kelish; 3. o’sish; 4. yetuklik; 5. to’yinish; 6. inqiroz (kasodlik). Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar bozorga kirib kelishining uzoq davrini boshidan kecharadi, boshqasi tezda kirib keladi, tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi. 52 O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risidagi Qonuni”. //Xalq so’zi, 2012-yil, 6 yanvarь. 53 Lamben J.J. Strategicheskiy marketing. M.: Progress, 2008, 164-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling