Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
134 
 Tovardan foydalanish samaradorligi 
 Komfortlilik 
 Ishonchlilik 
 Tovar dizayni va stili. 
Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muhim o’rin egallaydi. Bu 
strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda qo’shimcha tovarlarni ishlab 
chiqarishni boshlaganda qo’llaniladi. Diversifikatsiya firma faoliyatida barqaror o’sishini 
ta’minlash uchun samarali vosita sifatida chiqadi. 
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qo’llash innovatsiya siyosatining tamoyil va 
uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda amalga oshiriladi. 
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqida g’oyani qidirish bilan boshlanadi. 
Yangi tovar g’oyani qidirishni asosi bo’lib tovar haqidagi ichki va tashqi g’oyalar manbai 
hisoblanadi. 
Tashqi tovar haqidagi g’oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va 
iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko’rgazmalar, tadqiqot institutlari, ta’minotchilar, 
vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi. 
Tovar haqidagi ichki g’oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo’limi, ishlab 
chiqarish bo’limi, marketing bo’limini barcha qismlari, halqaro iqtisoiy hamkorlik bo’limi, 
tovarni tayyorlash bo’limi kiradi. 
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o’z mazmuniga ko’ra yangi tovarni 
rejalashtirish jarayonini ifodalaydi. 
 
8-MAVZU. BIZNESDA BOZOR KON’YuNKTURASINI O’RGANISHNING 
ASOSIY YO’NALISHLARI 
8.1. Bozor kon’yunkturasining mohiyati va ahamiyati.
8.2. Kon’yunkturani tashkil qiluvchi omillar, asosiy ko’rsatkichlar va ularni tahlil 
qilish va istiqbollash usullari.
8.3. Tashqi bozor kon’yunkturasini tadqiq qilishning ko’rsatkichlar tizimi va ularni 
tanlash mezonlari.
8.4. Turli xil bozorlar kon’yunkturasini tadqiq qilishning o’ziga xos xususiyatlari.
 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling