Biznesni tadqiq etish usullari
136
8.2-chizma. Bozor kon’yukturasini tadqiq qilish jarayoni
Kuzatuv va tahlilning doimiylik tamoyili tadqiq qilish faoliyatiga ma’lum shartlar
qo’yadi. ґaqiqatan ham, shunday shartlar qo’yilgan taqdirdagina bozorda sodir bo’ladigan
o’zgarishlarni aniqlashga va ularni amaliy faoliyatda hisobga olishga imkon yaratiladi. By
demak, bozorni tadqiq qilishdan oldin tahlil qilish davri (oy, kvartal, yarim yil, yil)
aniqlanishi lozim. Bundan tashqari mo’ljallanayotgan tahlil va istiqbollarning darajasi
aniqlanib olinishi kerak, chunki shunga ko’ra kerakli ma’lumotlar hajmi va xarakteri
belgilanadi.Axborotlar yig’ish bosqichida bozor kon’yunkturasining asosiy ko’rsatkichlari
aniqlanadi, axborotlar manbai tanlanadi va kon’yunktura to’g’risida ma’lumotlar
to’planadi.Yuqoridagi tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng, bevosita tahlil qilishga
kirishiladi.
8.2. Kon’yunkturani tashkil qiluvchi omillar, asosiy ko’rsatkichlar va ularni tahlil
qilish va istiqbollash usullari
Bozor kon’yunkturasini tahlil qilish va iste’molchilar talabini o’rganish jarayoni
quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
birinchi bosqich, jami aniqlangan omillar va ko’rsatkichlardan eng muhimlari tanlab
olinadi, alohida baholar, statistik ko’rsatkichlar ajratiladi;
ikkinchi bosqich, har bir ko’rsatkich bo’yicha dinamik qatorlar tuziladi, bu
o’rganilayotgan omilning kon’yunkturani o’tgan, bugungi va kelgusidagi o’zgarishiga
ta’sirini ko’rsatish imkoniyatini beradi;
uchinchi bosqich, kon’yukturaga ta’sir ko’rsatuvchi omillar ichidan ta’sir doirasi
bo’yicha muhimlari aniqlanadi. Bu vazifa dinamik qatorlar asosida omillarning o’tgan davr
mobaynida kon’yunkturaga ko’rsatgan ta’siri doirasiga qarab tanlanadi. Masalan, ishlab
chiqarish hajmining o’zgarishini tadqiq qilganda unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar aniqlanadi,
ya’ni bular yangi ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga tushirilishi,
avtomatlashtirish darajasining oshirilishi, talabning oshishi yoki kamayishi va boshqalar
bo’lishi mumkin;
to’rtinchi bosqich, barcha omillarning o’zaro ta’sirini bir butun sifatida ko’rib
chiqish. Buning natijasida, avvalambor, ta’sirning umumiy natijasi aniqlanadi va
kon’yukturaning holati belgilanadi;
ikkinchidan esa, har bir alohida olingan omilning kont’yukturani shakllanishidagi
o’rni va tasiri o’rganiladi.
Бозор конъюктурасини тадқиққилиш
Конъюктурани таҳлил қилиш
Конъюктурани
истиқболлаш
Конъюктурадан фойдаланиш
самарадорлигини баҳолаш
Do'stlaringiz bilan baham: |